» » JSST koronavirusga qarshi kurashda vaksinaning samaradorligiga shubha bildirdi

JSST koronavirusga qarshi kurashda vaksinaning samaradorligiga shubha bildirdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqasi bo‘yicha direktori Hans Klyugening ma’lum qilishicha, koronavirusga qarshi yaratiladigan bo‘lajak vaksina pandemiyaga chek qo‘ya olmaydi va aholining barcha qatlami uchun birdek samarali bo‘lmaydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

“Men vaksina pandemiyaga chek qo‘yadi, degan gapni doim eshitaman. Albatta, yo‘q! Vaksinaning barcha aholi qatlamiga yordam berishini bilmaymiz. Hozir biz uning bir guruhga yordam berishini, ikkinchisiga esa yordam bermasligini ko‘rsatadigan ba’zi belgilarini ko‘rmoqdamiz. Pandemiyaning oxiri biz jamoat sifatida ushbu pandemiya bilan yashashni o‘rganganimizda keladi. Bu bizga bog‘liq”, — dedi Klyuge.

Shuningdek, JSST Yevropa mamlakatlarida oktabr oyining boshida koronavirus kasalligidan o‘lim sonining ko‘payishini kutmoqda.

“Vaziyat yanada murakkablashmoqda. Oktabr va noyabr oylarida biz ko‘proq o‘limni ko‘rishimiz mumkin”, — deb qo‘shimcha qildi Klyuge.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘lim sonining ko‘payishi kasallanish sonining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 29 059 868 kishini tashkil qilmoqda. COVID-19 kasalligi oqibatida vafot etganlar soni esa 924 953 kishiga yetgan. Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 19 652 377 nafari kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘tgan bir sutka ichida butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 307,9 ming kishiga oshib, yangi sutkalik rekord qayd etilgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 06:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют