» » RPL. Eldor Shomurodov va Jasur Jaloliddinov jamoalari o‘rtasidagi bahsda g‘olib aniqlanmadi

RPL. Eldor Shomurodov va Jasur Jaloliddinov jamoalari o‘rtasidagi bahsda g‘olib aniqlanmadi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 7-turida “Rostov” va “Lokomotiv” jamoalari 14-sentabr, dushanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuvda kichik ustunlik maydon egalari tomonida bo‘ldi, biroq rostovliklar yuzaga kelgan vaziyatlarni golga aylantira olmadi.

Mazkur o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan Eldor Shomurodov 72-daqiqada zaxiraga olingan bo‘lsa, “Lokomotiv”ning o‘zbekistonlik legioneri Jasur Jaloliddinov zaxirada qoldi.

Musobaqaning amaldagi chempioni “Zenit” o‘zida Tulaning “Arsenal”i bilan bash yuritdi. Andrey Mostovoy, Artyom Dzyuba va Aleksandr Yeroxinning gollariga tulaliklar Yuriy Kovalevning kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.

7-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

RPL

7-tur bahslari

14-sentabr, dushanba

Gollar: 1:0 – 25 Mostovoy, 2:0 – 31 Dzyuba, 2:1 – 60 Kovalev, 3:1 – 86 Yeroxin.

“Rostov”: Pesyakov, Chernov, Kozlov, Osipenko, Hajikadunich, Glebov, Bayramyan (Toshevski, 90), Yeremenko (Mamayev, 72), Normann, Ionov (Dolgov, 85), Shomurodov (Poloz, 72).

“Lokomotiv”: Gilyerme, Ribus, Chorluka, Jivoglyadov, Magkeyev, Kulikov (Eder, 85), Miranchuk, Kamano (Krixovyak, 68), Ribchinskiy (Ignatyev, 85), Serkeyra, Smolov (Lisakovich, 62).

Ogohlantirishlar: Krixovyak (73), Ionov (77), Ignatyev (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют