» » Turkiyada tanishuv va to‘ylar haqidagi teleshoular taqiqlandi

Turkiyada tanishuv va to‘ylar haqidagi teleshoular taqiqlandi


Turkiya rasmiylari tanishuvlar va to‘ylarga bag‘ishlangan televizion shoular taqiqlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, muxolifat bilan aloqadorlikda gumon qilingan 4 mingga yaqin davlat xizmatchisi ishdan bo‘shatildi, deb xabar beradi TJournal.

Hukumat televideniyedagi reklama va ko‘rsatuvlarda do‘st va turmush o‘rtog‘i qidirish malasi tilga olinishi mumkin emasligini belgiladi.

“Axloq-odob, oilaviy qadriyatlar va bolalar tarbiyasiga xizmat qiluvchi ko‘rsatuv va seriallarni rag‘batlantirish lozim”, — deyiladi hujjatda.

Turkiya bosh vazirining o‘rinbosari No‘mon Qurtulmush munosabatlar haqidagi ko‘rsatuvlar “oila institutidan voz kechishga chaqirishi, uni muqaddaslik va oliyjanoblikdan mahrum etishi”ni ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 29-aprel kuni Turkiyada “mamlakat prezidenti imijini qora ranglarda ko‘rsatish”da ayblanib Wikipedia taqiqlangan edi.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют