» » OAV: AQSh KXDRni atom aviatashuvchilari va suv osti kemalari bilan qo‘rqita olmaydi

OAV: AQSh KXDRni atom aviatashuvchilari va suv osti kemalari bilan qo‘rqita olmaydi


Koreya yarim orolidagi holat AQSh va Janubiy koreyaning aybi bilan “o‘ta xavfli daraja”ga yetdi. Bu haqda KXDRning “Minchju Choson” gazetasi yozmoqda, deb xabar berdi “TASS”.

Gazeta Vashington va Seul tomonidan “ogohlantiruvchi zarba berish taktikasini ishlab chiqish va Shimoliy Koreya hududida maxsus operatsiya o‘tkazish maqsadida” boshlangan harbiy harakatlarga e’tibor qaratdi. Shu munosabat bilan gazeta AQSh KXDRni atom aviatashuvchilari va suv osti kemalari bilan qo‘rqita olmasligini ta’kidlamoqda.

“Tajovuzkorlar va targ‘ibotchilarning barcha qal’alari, shu jumladan, Janubiy Koreyadagi va xorijdagi Amerika bazalari, xalq respublikasining qudratli inqilobiy armiyasi nishoni ostida turibdi”, — ta’kidlanadi gazetada. Nashr Seul va Vashingtonni ularning o‘ylanmasdan qiladigan harbiy harakatlarining halokatli oqibatlarini hisobga olishga chaqirdi.

29-aprel, shanba kuni AQSh harbiy dengiz kuchlarining aviatashuvchisi Carl Vinson Janubiy Koreyaning harbiy-dengiz kemalari bilan Yapon dengizida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarga kirishdi. Janubiy Koreya harbiy dengiz kuchlari qo‘mondonligining ma’lum qilishicha, mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi Shimoliy Koreya harakatlarini tutib turish va AQSh va Janubiy Koreya harbiy ittifoqining harbiy tayyorgarligini mustahkamlash.

Ikki mamlakat harbiy-dengiz kuchlarining mashg‘uloti davomida Shimoliy Koreya tomonidan uchirilishi mumkin bo‘lgan qit’alararo ballistik raketalarning ishga tushirilishini aniqlash, ularni tutib olish va zararsizlantirish ustida ishlanishi taxmin qilinmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-04-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют