» » 40 yoshdagi debyut, saraton ustidan qozonilgan galaba: Muhtasham yuz yil va Zuleyhadagi aktrisa Vahide Gerdyum haqida nimalarni bilamiz?

40 yoshdagi debyut, saraton ustidan qozonilgan galaba: Muhtasham yuz yil va Zuleyhadagi aktrisa Vahide Gerdyum haqida nimalarni bilamiz?


Muhtasham yuz yil serialining tortinchi faslida Maryam Uzerli ijro qilgan Xurram rolini davom ettirgan Vahide Gerdyum haqida malumot berib otamiz.

Loyihaga qoshilganida 48 yosh bolgan aktrisa muxlislar tomonidan unchalik iliq qabul qilinmagan. Maryamga organib qolgan teletomoshabinlar serialga eski Xurramni qaytishi kerakligini takidlay boshlagan. Bunday salbiy munosabatlarga nisbatan Vahide ogir-bosiq holda yondashgan va ozini 29 yoshli gozal Maryam emasligini, Uzerlining yoshida uning ham oziga yarasha chiroyi bolgani va qolaversa,filmda u katta yoshdagi Xurramni gavdalantirganini bildirgan. Ammo u rol ijro qilgan yangi qismlar efirga uzatilganidan keyin muxlislar Gerdyumning ijro mahoratini tan ola boshlagan. Serialda suratga tushgan vaqtida uning kinodagi tajribasi unchalik kop bolmaganiga qaramay, tanqidchi va teleekspertlar Vahideni eng yaxshi teatr aktrisalaridan biri ekanligini etirof etgan.

Aktrisa 1965-yil 13-iyunda Izmirda dunyoga kelgan. Otasi yuk mashina haydovchisi, onasi esa uy bekasi bolgan. Maktabni tamomlaganidan keyin bolajak aktrisa tasviriy sanat, keyinroq esa iqtisod boyicha talim olgan. Avvaliga Izmir teatrida rol ijro qilgan Vahide keyinchalik Anqara va Adanadagi teatrlarda ishlagan.

Uzoq yillar davomida u dunyo klassik pyesalarida rol ijro qilgan. 2007-yilda Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi deb topilgan Vahide Oltin apelsin festivalida Birinchi sevgi filmida bosh qahramonni gavdalantirgani uchun eng yaxshi aktrisa deb topilgan. Ishq ertagi filmi uning kinodagi debyuti bolgan va u vaqtda Vahide 40 yoshda edi. Shundan keyin Yangi yil bilan, London!, Mening onam, Inqilob mashinasi, Zefir filmlarida suratga tushgan.

Muhtasham yuz yil serialida suratga tushish taklif qilinganida u darhol rozilik bermagan. Bu vaqtda Maryam Uzerli homiladorligi sabab loyihani tark etib, davolanish uchun Germaniyaga jonab ketgan. Vahide u bilan bir necha marotaba boglanishga qaror qilgan, ammo u telefonini kotarmagan. Uzerlining otasi telefon qongiroqlaridan biriga ularni boshqa bezovta qilmasliklarini aytgan javobidan keyin Gerdyum loyihada ishtirok etishga rozilik bergan. Serialda Vahidening Gerdyum familyasi yozilgan bolgan, ammo 22 yillik turmushidan keyin 2013-yilda eri bilan munosabatlariga nuqta qoygan va Perchin familyasiga qaytgan. U Muhtasham yuz yilda epizodik rollardan biri Bekir oga rolini ijro qilgan Altan Gerdyum bilan oila qurgan edi. Ajrashishlariga qaramasdan sobiq juftlik dostona munosabatlarda bolgan. 2011-yilda aktrisaga sut bezi saratoni tashxisi qoyilgan va kasallik bilan kurashish uchun ijodida tanaffus elon qilgan. Bu vaqtda sobiq turmush ortogi uni qollab-quvvatlagan.

Avvaliga mamlakatining ozida mashhur bolgan aktrisa Muhtasham yuz yildan keyin dunyoga tanilgan. Shuningdek, yapon filmi motivi asosida suratga olingan Ona serialidagi roli ham unga muvaffaqiyat olib kelgan. Aktrisa teatr va kinoda suratga tushishdan tashqari endigina faoliyatini boshlaganlarga aktyorlik mahoratidan dars beradi. Ona serialidagi rolidan keyin u Bir kuni Chukurovada seriali va Eshik filmida suratga tushgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (15-09-2020, 16:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
:
-
:
20 ... -