» » Buxoroda oilaviy janjal ommaviy mushtlashuvga aylanib ketdi, voqea ishtirokchilaridan birini Cobalt’da qasddan bosib ketishga urinishdi (video)

Buxoroda oilaviy janjal ommaviy mushtlashuvga aylanib ketdi, voqea ishtirokchilaridan birini Cobalt’da qasddan bosib ketishga urinishdi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda Olot tuman “Asajam” MFYda sodir bo‘lgan janjal videosi tarqaldi. Video yuzasidan Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 5-sentabr kuni taxminan soat 14:30 larda Olot tuman “Asajam” MFYda yashovchi fuqaro M.A. sobiq turmush o‘rtog‘i G.E. bilan birgalikdagi turmushi davomida tuman hokimligi tomonidan ajratilgan yer maydoniga qurilgan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasiga, onasi D.Ch. va yangasi R.Ch. lar bilan borgan vaqtida, sobiq turmush o‘rtog‘i G.E. va uning akasi U.E., otasi K.E., amakilari — I.E., G.E. hamda boshqa qarindoshlari ularni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, bir-birlarini urib tan jarohati yetkazganlik holati Olot tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan.

Videotasvirda mazkur hodisa vaqtida ikki nafar ichki ishlar organlari xodimlari janjallashayotgan fuqarolarni ajratayotganlik holati ko‘ringan.

Ushbu xodimlarning biri tuman Huququbuzarliklar profilaktikasi inspektori leytenant X.Abdurahmonov, ikkinchisi viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi MTB inspektori kapitan M.Shamsiyev.

Janjal vaqtida fuqaro G.E. va uning qarindoshlari, chaqiruvga asosan hodisa joyiga yetib kelgan tuman IIB XPB profilaktika inspektori leytenant X.Abdurahmonovning qonuniy talablarini bajarmasdan, sobiq turmush o‘rtog‘i M.A. bilan bir-birlarini haqorat qilib o‘zaro janjallashib ketishgan.

Shu vaqtda yurituvida bo‘lgan ariza yuzasidan surishtiruv harakatlarini o‘tkazish uchun Olot tumaniga borayotgan Buxoro viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi MTB inspektori kapitan M.Shamsiyev yo‘ldan o‘tib ketayotib, mazkur janjalni ko‘rib qolgan va janjalni bartaraf qilish choralarini ko‘rgan.

Shuningdek, ushbu janjal vaqtida fuqaro G.E.ning akasi U.E. amakisi G‘.E.ga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli 80E181OA davlat raqamli avtomashinaning old qismi bilan fuqaro M.A. ni qasddan urib yuborib, unga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, barcha ishtirokchilardan hamda mazkur janjalning guvohi bo‘lgan fuqarolardan tushuntirish xatlari olingan.

Holat yuzasidan janjalda ishtirok etgan barcha fuqarolarga yetkazilgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, Olot tumani huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют