O‘zbekistonda kuniga 60 ming odamdan koronavirusga test olinmoqda. Bu bir hafta avvalgi kunlik ko‘rsatkichdan 20 mingtaga ko‘p
Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov maktablarda o‘quv jarayonining boshlanishi munosabati bilan hozirgi bugungi kunda 60 mingdan ko‘proq aholi COVID-19’ga tekshirilayotgani, laboratoriya tahlillari o‘tkazilayotganini bildirdi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda yuzlab o‘qituvchilarda koronavirus aniqlanmoqda. Lekin SSV barcha holatlarni ham rasmiy statistikaga kiritmayapti
Mutaxassis buni tumanlarda test yetarli emasligi, aholi vakillariga test yo‘q, deb qaytarib yuborilayotgani haqidagi savolga aniqlik kiritish davomida bildirgan.
Endi, tumanlar O‘zbekistonda juda ko‘p. Biz fuqarolarimizdan savollarni aniq, manzilli tarzda, qaysi tumanda, qaysi shahar, qaysi muassasaga borib murojaat qilganliklari haqida aniqlik kiritib berishni so‘rar edik. Xabaringiz bor, hozir maktablar ochilishi, o‘qituvchilar faoliyati boshlanishi munosabati bilan bir kunda 60 mingdan ko‘proq laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilyapti. Demak, bu savollar aniq bo‘lsa, biz aynan o‘sha hudud SEOMlari bilan bog‘langan holda sababini surishtirish imkoniyatiga ega bo‘lar edik.
Nurmat Otabekov, Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda pandemiya sharoitida o‘qituvchi va o‘quvchilarning sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida maktab o‘qituvchilaridan ommaviy ravishda COVID-19’ga test olinmoqda. Shu vaqtgacha Payariqda 60 nafar, Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 40 nafar, Andijon, Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi o‘nlab, Buxoro viloyatida 239 nafar, Qashqadaryoda 855 nafar o‘qituvchilarda koronavirus aniqlangani haqida xabar berildi.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
