» » Inson hayotidagi “eng baxtsiz yosh” aniqlandi

Inson hayotidagi “eng baxtsiz yosh” aniqlandi


AQShdagi Dartmut kolleji va Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi olimlari inson hayotidagi “eng baxtsiz yosh” qachonga to‘g‘ri kelishini aniqladi. Bu 47-48 yosh oralig‘i hisoblanadi. Ushbu davr oralig‘ida insonda stress darajasi oshib ketadi, moliyaviy qiyinchiliklar kuzatiladi, sochlar tez oqara boshlaydi, deb xabar beradi Daily Mail.

Ekspertlar dunyoning 145 davlatidan bo‘lgan taxminan 500 ming kishiga tegishli ma’lumotlarni o‘rganib chiqqan. Boy va kambag‘al davlatlar orasidagi farq — u qadar katta emas.

Mutaxassislarning qo‘shimcha qilishicha, “baxtsiz yosh” universal bo‘lib, jinsi, yoshi, qaysi mamlakatda yashashi, oilasi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar barcha odamlar uchun deyarli bir xil.

Tadqiqot mualliflarining hisoblashicha, buning sababi inson organizmining biokimyoviy jarayonlarida yashiringan va u umumiy qarish bilan izohlanadi.

Biroq yaxshi yangilik ham bor — 65-70 yoshga borganda odam yana baxtli bo‘la boshlaydi va bu 80 yoshida eng yuqori cho‘qqisiga yetadi.

Avvalroq Shveysariyaning Bern universiteti olimlari qarishning asosiy sababini aniqlagan edi. Ta’kidlanishicha, organizm hujayralarining qarish jarayonida visseral yog‘ (inson sog‘lig‘i uchun eng xavfli yog‘) ishtirok etadi.

Mavzuga doir: Qarish jarayonini sekinlashtiruvchi mahsulot topildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют