» » Namanganda “Moskvich” haydovchisi YTH sodir etishi oqibatida 51 yoshli piyoda vafot etdi

Namanganda “Moskvich” haydovchisi YTH sodir etishi oqibatida 51 yoshli piyoda vafot etdi


Namangan viloyati Namangan shahrida 39 yoshli haydovchi “Moskvich”da 51 yoshli yo‘lovchini urib yuborib uning o’limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 13-sentabr kuni soat 21:40 larda Namangan viloyati, Namangan shahar, Boburshoh ko‘chasida sodir bo‘lgan. 39 yoshli haydovchi A.A. “Moskvich-412” rusumli avtomobil tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotganida yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda 51 yoshli R.U.ni urib yuborgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

YTH yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют