» » AQShda auksion orqali Avraam Linkolnning bir tutam sochi sotildi

AQShda auksion orqali Avraam Linkolnning bir tutam sochi sotildi


Bostondagi auksionda AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolnga tegishli bir tutam soch 81 ming dollar evaziga sotildi. Lot bilan birga, mamlakat rahbarining o‘ldirilishi haqidagi qonli telegramma ham yangi egasini topgan, deb xabar beradi CNN.

Linkolnning boshiga 1865-yilning 14-aprel kuni Vashintondagi Ford teatrida o‘q uzilgan, ertasi kuni esa u vafot etgan. Qotil — aktyor Jon Uilks But.

Uzunligi besh santimetrga yetadigan bir tutam soch shikorlar tomonidan Linkoln jasadini patologoantomik tekshirish vaqtida qirqib olingan. Shifokor uni prezidentning qotilligi haqida yozilgan mamlakat mudofaa idorasining telegrammasiga o‘rab, ustiga “A.Linkolnning sochlari” deb yozib qo‘ygan.

Sochlar doktor Layman Bicher Toddga, kentukkilik pochta mudiriga va 16-prezidentning bevasini amakivachchasiga berilgan.

Bostondagi auksionga qo‘yilgan sochlarning dastlabki narxi 75 ming dollarni tashkil etgan. Yakuniy narxi esa 81 250 dollarga yetgan. Xaridorning ismi oshkor etilmagan.

Ta’kidlanishicha, prezidentning sochlari va telegramma so‘nggi bor 1999-yilda sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda Avraam Linkoln qo‘li bilan yozilgan maktub Nyu-Yorkdagi kimoshdi savdosida 2,2 million dollarga sotilgan edi.

Mavzuga doir: Qirg‘izistonlik fuqaro Vashingtondagi Linkoln me’moriy yodgorligiga ismini tirnab yozdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют