» » Tramp: Kim Chen In yadro sinovidan mamnun bo‘lmasligimizni yaxshi tushunadi

Tramp: Kim Chen In yadro sinovidan mamnun bo‘lmasligimizni yaxshi tushunadi


Donald Tramp Shimoliy Koreya harakatlariga nisbatan AQShning harbiy javobini istisno etmadi. Bu haqda u CBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.

KXDR yetakchisiga nisbatan bosim nega natija bermayotganligi haqidagi savolga Tramp “Kim Chen In men va Xitoy rahbari Si Szinpin yadro sinovidan mamnun bo‘lmasligimizni yaxshi tushunadi” deb javob berdi.

“Shimoliy Koreyaga AQSh va Xitoy o‘tkazayotgan bosim tufayli balki hozirgacha hech narsa ro‘y bermagandir”, — ta’kidladi Tramp.

AQSh prezidenti KXDR ballistik raketalari sinovi borasida ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Bu kichik raketaning uchirilishi bo‘ldi. Bu yadro sinovi emas edi. Biz nimalar yuz berayotganini kuzatib boramiz”, — dedi AQSh prezidenti.

“Mamnun bo‘lmaslik harbiy harakatlarni anglatadami?” degan savolga Tramp “Bilmadim, ko‘ramiz”, deya javob berdi.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют