» » O‘zbekistonda 2020-yilning 8 oyida velosipedlar ishtirokida yuz bergan YTHlarda 143 kishi halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 2020-yilning 8 oyida velosipedlar ishtirokida yuz bergan YTHlarda 143 kishi halok bo‘ldi


O‘zbekistonda 2020-yilning sakkiz oyi davomida yo‘l harakati ishtirokchilarining tan jarohati olishi bilan bog‘liq 2605 ta, o‘lim bilan bog‘liq 991 ta yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida velosipedlar ishtirokida 492 ta avtohalokat qayd etilgan. Ularda 143 kishi vafot etgan.

Mazkur davr mobaynida motosikl va skuterlar ishtirokida 63 ta yo‘l-transport hodisasi yuz bergan va ularda 9 kishi halok bo‘lgan.

Avvalroq O‘zbekistonda sakkiz oyda oqibati o‘lim bilan tugagan salkam 1000 ta YTH yuz bergani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 9) ( 1) ( 6) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...