» » Andrey Miklyayev: “Lokomotiv”ning ijobiy natijalarini Temur Kapadzening kelgani bilan bog‘lash mumkin

Andrey Miklyayev: “Lokomotiv”ning ijobiy natijalarini Temur Kapadzening kelgani bilan bog‘lash mumkin


“Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Miklyayev Coca-Cola Superliga 15-turi doirasida “Navbahor”ga qarshi kechgan bahsdagi g‘alabadan (1:0) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Juda muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Jamoa o‘ziga kelmoqda, bu Temur Kapadzening kelishi bilan ham bog‘liq. Bizda avlodlar almashinuvi sodir bo‘lmoqda. Bu uchrashuvda o‘yin bo‘yicha ham, natija bo‘yicha ham raqibdan ustun keldik. Jadvalda biroz yuqoriga ko‘tarildik, imkon qadar ko‘proq ochko olishda davom etmoqchimiz.

Balki sizga jamoa butun o‘yin davomida pressing qilgandek tuyulgandir, ammo 90 daqiqa davomida pressing qilish qiyin. Bu bahsda olti nafar futbolchimiz jarohat va diskvalifikatsiya tufayli maydonga tusha olmadi. Kapadze maydon chetida yigitlarni oldinga boshladi va raqib maydonida pressing qilishga urindik.

Bizda doim moliyaviy holat bir maromda bo‘lgan. Pandemiya davrida albatta, shahar bo‘ylab yurish qiyin bo‘ldi, ammo moliyaviy muammo bo‘lmagandi.

Dilshod Komilov — yosh futbolchi, u yoshlar jamoasida o‘zini ko‘rsatdi. Zoteyev va Hoshimov ketgach joy bo‘shadi va yoshlarni asosiy tarkibga jalb qilyapmiz. Biz yangi futbolchilar sotib olmadik va yoshlarga e’tibor qaratdik. Uchrashuvda nafaqat Komilov, balki, butun jamoa yaxshi o‘ynadi.

Biz hozircha ikkita o‘yinda g‘alaba qozondik. Jamoa ketma-ket mag‘lubiyatga uchrayotgandi, shu bois hozir aniq vazifa yo‘q. Kapadze “Lokomotiv” sobiq a’zosi u ham, men ham klub taqdiriga befarq emasman.

Andrey Miklyayev, “Lokomotiv” bosh murabbiyi

Mazkur g‘alabadan keyin “Lokomotiv” ochkolarini 18 taga yetkazib oldi va 9-o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa keyingi turda “Buxoro” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют