» » Qashqadaryo Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi 855 nafar o‘qituvchi koronavirusga chalinganini rad etdi. Holbuki, mazkur ma’lumotni markaz bosh vrachi tasdiqlagandi

Qashqadaryo Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi 855 nafar o‘qituvchi koronavirusga chalinganini rad etdi. Holbuki, mazkur ma’lumotni markaz bosh vrachi tasdiqlagandi


Qashqadaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi viloyatda 855 nafar o‘qituvchi koronavirusga chalinganini rad etdi. Holbuki, ushbu ma’lumotni SEOM bosh vrachi Sobir Murodov tasdiqlagandi.

Ta’kidlanishicha, viloyatda koronavirus infeksiyasining keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda kasallikdan gumonlanuvchilar va aholining murojaatlari asosida COVID-19 virusiga laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda. Shu kunga qadar viloyat Sanitariya-epidemologik osoyishtalik markazining maxsus laboratoriyasida 201 319 nafar fuqarodan olingan tahlil natijalari ko‘rib chiqilgan. Natijada 2020-yil 15-sentabr 10:00 holatida viloyatda jami 1034 holatda COVID-19 bilan kasallanish qayd etilgan. Ayni paytda esa virusni yuqtirib olgan 958 nafar bemor davolanib, sog‘ayganlarning umumiy ko‘rsatgichi 93 foizni tashkil qilmoqda.

Markazning qo‘shimcha qilishicha, viloyatdagi 1151 ta umumta’lim maktablarida 55 562 nafar o‘qituvchi va boshqa xodimlar faoliyat yuritadi va ularning 32 892 nafari koronavirusga test topshirgan.

“Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Abdug‘ani Himmatov viloyatdagi mavjud maktablarda 75 427 nafar xodim faoliyat yuritishini ma’lum qilib, umumiy xodimlarning koronavirusga test topshirishi 43 foizga yetganini ta’kidlagandi.

Qashqadaryo SEOMning Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy Telegram kanalida e’lon qilingan xabarida esa, maktablardagi xodimlar soni kam ko‘rsatilgani bois koronavirusga test topshirgan xodimlar foizi yuqorilangani ko‘zga tashlanadi. Demak, mazkur xabarda ham raqamlarni kamaytirib ko‘rsatishga urinish bor.

Vazirlik kanalida e’lon qilingan xabarda, shuningdek, 855 nafar maktab xodimi virus yuqtirganlikda gumonlangani aytilib, ularda koronavirus alomatlari mavjud emasligi alohida ta’kidlanadi va bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishiga va’da qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, “Daryo”da O‘zbekistonda yuzlab o‘qituvchilarda koronavirus aniqlanayotgani, biroq SSV barcha holatlarni ham rasmiy statistikaga kiritmayotgani, Prezident Shavkat Mirziyoyev esa “haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkin”ligidan ogohlantirgani tilga olingandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют