» » Qoraqalpog‘istonda to‘y saylida guruh bo‘lib harakat qilgan 9 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi

Qoraqalpog‘istonda to‘y saylida guruh bo‘lib harakat qilgan 9 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi


Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida to‘y sayliga chiqqan to‘qqizta avtomobil yo‘l qoidasini buzganligi sababli jarima maydonchasiga joylashtirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida yuz bergan hodisa aks etgan “Karantindagi to‘y” nomli videotasvir tarqalgan. Mazkur videoda bir fuqaroning avtomashina lyukidan tanasini chiqarib ketayotganligi aks etgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB ma’lumotiga ko‘ra, mazkur voqea 2020-yil 5-sentabr kuni Amudaryo tumani Amudaryo ovul fuqarolar yig‘ini hududida sodir bo‘lgan. Fuqaro K.O‘.ning nikoh to‘yida kelin-kuyov va uning do‘stlari ushbu hududda oltita Captiva, bitta Malibu va Lacetti hamda bitta Matiz mashinalarida to‘y sayliga chiqqan.

Tizilib harakatlangan to‘qqizta avtotransport vositasi boshqaruvchilari yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagan va N.J. ismli fuqaro mashinaning lyukidan tanasini chiqarib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan.

Avtotransport boshqaruvchilariga chora ko‘rish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 129-moddasiga (transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi) asosan ma’muriy chora ko‘rilib, avtotransport vositalari vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 06:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют