» » Norinda qallob plastik karta mablag‘ini naqdlashtirish bahonasida ikki ayolning pullarini ishlatib yubordi

Norinda qallob plastik karta mablag‘ini naqdlashtirish bahonasida ikki ayolning pullarini ishlatib yubordi


Namangan viloyati, Norin tumanidagi Dumar mahallasida yashovchi Muyassar Inomova (ism-shariflar shartli) plastik kartasidagi mablag‘ni naqdlashtirib berishni va’da qilgan shaxs harakatlari yuzasidan ichki ishlar idoralariga murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Andijon viloyatining Baliqchi tumanida istiqomat qiluvchi Jo‘rabek Arslanov o‘tgan yilning sentabr oyida M. Inomovaning ishonchiga kirib, plastik kartasidan bo‘lgan 4267000 so‘mni o‘n kun ichida naqdlashtirib berishni va’da qilgan. Biroq hozirgi kunga qadar plastik kartani ham, mablag‘ni ham bermagan.

Tezkor surishtiruv harakatlari natijasida J. Arslanov Norin tumanining Sho‘rariq mahallasida yashovchi Munisa Soatqulovadan ham o‘n kun ichida foizsiz naqdlashtirib berishni aytib, 2722000 so‘m puli bo‘lgan plastik kartasini olib ketgani va shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi aniqlandi.

Ushbu holatlar yuzasidan Norin tuman IIB tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют