» » Ellikta oyoqli qadimiy yirtqich aniqlandi

Ellikta oyoqli qadimiy yirtqich aniqlandi


Kanada muzeylaridan biridagi qazilma qoldiqlarni o‘rganayotgan olimlar boshoyoqlilarning umumiy ajdodini aniqladi. Yangi topilma jag‘oyoqlilar evolyutsiyasidagi bo‘shliqni to‘ldirishga imkon beradi. Bu haqda National Geographic xabar berdi.

Qoldiqlarning avval noma’lum bo’lgan turga tegishli ekanligini aniqlagan olimlar uni Tokummia Katalepsis deb nomladi.

Jag‘oyoqlilar qadimiy vakilining uzunligi 10 sm bo‘lib, 50 ta eshkaksimon oyog‘i, ikkita tirnog‘i va ikki qutbli chig‘anog‘i bo‘lgan. Chig‘anoq atrofida ko‘zlar joylashgan.

Tokummia Katalepsis quruqlikda va suvda birdek harakatlana olgan. O‘zining katta bo‘lishiga qaramasdan, u yumshoq tanali jonzotlar bilan oziqlangan. Uning mo‘rt jag‘lari qattiq o‘ljani yeyishga imkon bermagan. Topilma Yerda Kembriy davrida, taxminan 500 million yil avval yashagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-04-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют