» » “Qo‘ng‘iroqsoch Syu”ni ijro etgan aktrisa Elison Posterning taqdiri qanday kechdi? (foto)

“Qo‘ng‘iroqsoch Syu”ni ijro etgan aktrisa Elison Posterning taqdiri qanday kechdi? (foto)


1991-yilda efirga uzatilgan “Qo‘ng‘iroqsoch Syu” filmi rejissorlik ishi, aktyorlarning tanlanishi va sujetning o‘ziga xosligi bilan muxlislar qalbidan joy olgan. Ayniqsa, undagi yoqimtoy qizaloq tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan. Quyida Syu qahramonini jonlantirgan Elison Poster haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Mazkur film Elison karyerasida birinchisi emas. Unda aktyorlik mahorati erta paydo bo‘lganini payqagan ota-onasi uch yoshidan kastinglarga olib borgan, besh yoshida Star Search shousining eng yosh vokalisti deb topilgan.

Shundan bir yil o‘tib u ilk bor “Manxettenni zabt etaman” serialida rol ijro qilgan. Keyinroq “Ota-ona” filmida suratga tushishga muvaffaq bo‘lgan yosh iste’dod sohibasini “Qo‘ng‘iroqsoch ? Syu” filmiga taklif qilishgan. Aynan ushbu filmdagi roli unga mashhurlik olib kelgan.

Shunga qaramay biroz muddat uning ijodida tanaffus kuzatilgan. 1992-yilda u eng yosh aktrisalikka nomzod bo‘lgan 1993-yilda esa ushbu nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Uzoq muddatli tanaffusdan keyin 8 yoshida Elison Nyu-Yorkka ko‘chib kelgan va “?Footloose”? spektalida Urlin roliga tasdiqlangan. U Brodveyda bir qancha muvaffaqiyatli rollarni ijro qilgan.

Elison faqatgina surat tushish bilan cheklanmagan, u bolaligidan turli tanlov va tadbirlarda qo‘shiq kuylagan va qo‘shiq ijro qilishga bo‘lgan qiziqishini butun umr yo‘qotmagan.

2003-yilda Raz musiqiy guruhida vokalist sifatida chiqish qilgan, keyinroq esa o‘zining Alisan Porter Project?? guruhiga asos solgan. Yildan yilga ijrochi sifatida tajribasi oshib borgan Elison spirtli ichimlik va narkotik vositalarga ruju qo‘ya boshlagan.

2007-yilning 28-oktabrida esa alkogol mahsulotlar va narkotik iste’mol qilmaslikka qat’iyan qaror qilgan.

Elison uchun musiqa hayoti mazmuni bo‘lgan, u 2009-yilda o‘zining ilk albomini, 2014-yilda keyingisini taqdim qilgan. 2016-yilda “Ovoz” shousida ishtirok qilgan va 10-mavsumda Somewhere qo‘shig‘ini ijro qilib, g‘olib deb topilgan.

Avvaliga aktrisa keyinroq esa qo‘shiqchi sifatida karyerasini davom ettirgan Elison Porter turmushga chiqqan va ikki nafar farzandi bor.

U Instagram sahifasiga oila a’zolari bilan tushgan baxtiyor suratlarini joylab boradi, konsert berish va yangi albomlar taqdim qilishdan to‘xtamaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют