» » Yosixide Suga Yaponiyaning yangi bosh vaziriga aylandi

Yosixide Suga Yaponiyaning yangi bosh vaziriga aylandi


Yaponiya Liberal-demokratlar partiyasi yetakchisi Yosixide Suga mamlakat hukumatining yangi rahbari etib tayinlandi, deb xabar beradi Kyodo agentligi.

Uning nomzodi 16-sentabr kuni Yaponiya parlamenti Vakillar palatasi deputatlarining ko‘pchiligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Yangi bosh vazirga 465 deputatdan 314 nafari ovoz bergan.

Suga o‘zidan oldingi bosh vazir Sindzo Abening pul-kredit siyosatini yumshatish, deflyatsiyani kamaytirish va iqtisodiyotni rag‘batlantirishni davom ettirishga va’da bergan. Bundan tashqari, u milliy iqtisodiyotni qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlashni va’da qilgan.

16-sentabr kuni 71 yoshli bosh vaziri yangi hukumat tarkibini e’lon qilishi kutilmoqda.

Yaponiyaning oldingi bosh vaziri Sindzo Abe 28-avgust kuni iste’foga chiqishi to‘g‘risidagi qarorini ma’lum qilgandi. Abe yo‘g‘on ichak yallig‘lanishidan aziyat chekadi. Ushbu kasallik 2007-yilda ham iste’foga chiqishiga sabab bo‘lgan. Biroq keyinchalik u ahvolini o‘nglab, 2012-yilda yana bir bor bosh vazir etib saylangan edi. Yaqinda kasallik yana avj olgani ma’lum bo‘ldi.

24-avgust kuni Sindzo Abe ushbu lavozimda ishlayotganiga 2799 kun to‘lgan, bu yapon hukumati rahbarlari orasidagi eng uzoq davom etgan davr hisoblanadi.

Mavzuga doir: Tramp Sindzo Abeni Yaponiya tarixidagi buyuk bosh vazir deb atadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют