» » Lavash xamiridan qiyma va karam “nachinka”li pirog tayyorlab ko‘ring

Lavash xamiridan qiyma va karam “nachinka”li pirog tayyorlab ko‘ring


Oddiy lavash xamiridan qanday qilib pirog pishirish mumkin, deb o‘ylayapsizmi? Bu juda oson, quyida beriladigan ketma-ketliklarni bajarib, nonushta yoki tushlik uchun issiqqina va to‘yimli pirog pishiring.

Kerakli mahsulotlar:

Tayyorlanish jarayoni:

Ish “nachinka” tayyorlashdan boshlanadi.

Ikki dona piyoz mayda to‘g‘raladi va tillarangga kirguncha qovurib olinadi.

Karam mayda to‘g‘raladi.

Piyoz ustidan qiyma qo‘shiladi va 10-15 daqiqa davomida qovuriladi.

Alohida tovada karam qovurilib, tuz va ziravorlar sepiladi.

Qiymali aralashmaga tuz, ziravor va kashnich solinadi.

“Nachinka” sovitishga qo‘yiladi.

Pirog qolipi sariyog‘ yordamida yog‘lanib, 180-200 daraja pechda qizdiriladi.

Lavash xamiri eni 2-3 santimetr va uzunligi 25 santimetrga teng bo‘lgan tasmalarga bo‘linadi.

Tasma xamirlar qolipga birin-ketin joylashtiriladi.

Qiymali aralashma xamirning ustidan bir tekisda joylashtiriladi. Uning ustidan xamir biroz qaytarib qo‘yiladi.

Ikkinchi qatlamga karamli aralashma solinadi.

Yana qiymali aralashmadan solinadi va xamirning usti buklanadi.

Aralashmaning yuza qismi to‘liq yopilgandan so‘ng ustidan sariyog‘ solinadi va pechga qo‘yiladi.

Pechda 180-200 darajada 20 daqiqa mobaynida pishiriladi.

Antiqa pirog tayyor. Yoqimli ishtaha!

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют