» » 2020-yil Yevropa harakatlanish haftasi Toshkentda otkaziladigan kampaniyasi shaharlarda tashqi muhitga zararsiz holda harakatlanish va yol harakati xavfsizligini taminlashga qaratilgan

2020-yil Yevropa harakatlanish haftasi Toshkentda otkaziladigan kampaniyasi shaharlarda tashqi muhitga zararsiz holda harakatlanish va yol harakati xavfsizligini taminlashga qaratilgan


16-sentabr kuni Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi, Ozbekiston velosipedchilar uyushmasi hamkorligida Yevropa harakatlanish haftasi-2020 kampaniyasini Yevropa Ittifoqining Ozbekistondagi delegatsiyasi homiyligida boshlanadi. Axborot komagi Ichkhi ishlar vazirligi, Xalq talimi vazirligi tomonidan korsatilgan.

Kampaniya 1622-sentabr kunlari bolib otadi va tez rivojlanayotgan shaharlarda tashqi muhitga zararsiz holda harakatlanish, yani velosipedda sayohat qilish haqida xabardorlikni oshirishga va bolalarga yol harakati xavfsizligi togrisida malumot berishga qaratilgan.

Toshkentda velosipedchilar jamoatchiligini kengaytirishni qollab-quvvatlash uchun Yevropa harakatlanish haftasi #ToshkentVeloUchun shiori ostida velosipedda harakatlanishning afzalliklari va qoidalarini tushuntirish uchun raqamli va ommaviy axborot vositalari, shuningdek ijtimoiy tarmoqdagi animatsion postlar ishlatiladi. Bundan tashqari, bolalar uchun yol harakati xavfsizligini orgatadigan #YolHarakatiXavfsizligi tashabbusi ijtimoiy tarmoqlarda shahar xavfsizligi boyicha eng muhim masalalarga bagishlangan bir qator video-filmlarni namoyish etadi. 2020-yilgi Kampaniyaning asosiy maqsadi ushbu masalada axborotga ega bolish va bilimlarni oshirish shaharda tashqi muhitga zararsiz holda harakatlanishga otish va yol harakati xavfsizligini taminlashning kalitidir.

Biz elektr velosipedlar, elektr skuterlar kabi shaxsiy harakatlanish vositalari shaharlarda, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi sharoitida eng tez rivojlanayotgan transport turlariga aylanib borayotganiga guvoh bolmoqdamiz. Bizning asosiy maqsadimiz - mavjud infratuzilmani takomillashtirish va piyodalar va velosiped yollarini qurish, barcha yol harakati qatnashchilari, shu jumladan bolalar xavfsizligini taminlash orqali ushbu rivojlanishni qollab-quvvatlashdir, deb, takidlaydi Ozbekiston transport vazirligining Toshkent transport boshqarmasi boshligi Anvar Jorayev.

Shahrimizda velosipedda harakatlanish madaniyati va tashqi muhitga zararsiz holda harakatlanishning boshqa turlari tobora osib borayotgani Toshkent shahar hokimligi tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlikni rivojlantirish vektorining ajralmas qismidir. Shuningdek, bu Toshkent shahri rioya qiladigan innovatsion kontseptsiyasining ajralmas qismidir. Ushbu strategik qarashga muvofiq, biz 2023-yilga qadar Toshkent shahridagi velosiped va piyodalar yurish yollarini sezilarli darajada kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Shahar aholisi va mehmonlarining yashash tarzini yaxshilash - asosiy ustuvor vazifamizdir. Shuning uchun biz Yevropa harakatlanish haftasiga qoshilamiz va #ToshkentVeloUchunni qollab-quvvatlaymiz, deydi Durdona Rahimova, Toshkent shahar hokimining orinbosari.

Songgi bir oy ichida azolarning keskin osishi va ijtimoiy tarmoqlarimizdagi faollik kuchayganligi velosipedchilar jamoasining tez suratlar bilan osib borayotganligining yana bir korsatkichidir. Shuningdek, bu axborot va kommunikatsiyaga bolgan ehtiyojning ortishi haqida gapiradi. Biz Ozbekistonda xavfsiz va barqaror velosiped madaniyatini targib qiluvchi asosiy fuqarolik jamiyati tashkiloti sifatida hukumat va mahalliy hokimiyat bilan doimiy muloqotni davom ettirmoqdamiz. Biz nafaqat velosiped ixlosmandlarini, balki Toshkentning chinakam velosipedchilar uchun qulay shahar bolishiga ishonadigan Toshkent shahrining faol tarafdorlarini ham birlashtiramiz. Barchani Yevropa harakatlanish haftasi davomida velo-xaritani yaratishda ishtirok etish va #TashkentVeloUcunni qollab-quvvatlashga taklif qilaman, deydi Iskandar Ahmedov, Ozbekiston velosipedchilari uyushmasi mamuri.

Jismoniy shaxslar va jamoalar uchun sogliq uchun foydasi va hayot sifati, atrof-muhitga ijobiy tasirlari, ijtimoiy barqarorlik va shahar transport yol harakatining pasayishi Yevropaning yirik shaharlarida velosipedning tobora ommalashib borishiga turtki bolgan omillardan biridir. Bu yilgi Ozbekistondagi Yevropa harakatlanish haftasi - velosiped uchun qulay, xavfsiz va barqaror shahar muhiti togrisida umumiy tasavvur yaratish uchun hukumat va fuqarolik jamiyati ortasidagi hamkorlik, birgalikdagi say-harakatlar va fikr almashishning ajoyib namunasidir. Yangi boshlanayotgan velosipedchilar va piyodalar, xususan bolalar uchun xavfsizlik va qoidalar togrisida malumot va xabardorlik ushbu jarayonning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Biz Yevropaning eng yaxshi tajribasini baham korish orqali yordam berishga tayyormiz, dedi Yussi Narvi, Yevropa Ittifoqining Ozbekiston Respublikasidagi Muvaqqat ishlar vakili.

Yevropa harakatlanish haftasi kampaniyasi doirasida Toshkent aholisi #ToshkentVeloUchun tashabbusini qollab-quvvatlashga, har kungi velosiped marshrutida kamida bitta kochani sinovdan otkazishga va shu bilan Toshkentning velo-xaritasini yaratishga yordam berishga va sovrinlar oyinida qatnashishga taklif qilinadi. Ishtirokchilar velosipedni suratga olishlari, uni Facebookdagi Yevropa harakatlanish haftasi sahifasida joylashtirishlari va kochaning nomini qayd etishlari kerak. Shunday qilib, ishtirokchi avtomatik ravishda 23 sentabr kuni sovrinlar yutuqlariga kiritiladi va uchta shahar velosipedlaridan birini yutib olish imkoniyatiga ega boladi.

Qoshimcha malumot uchun jamoatchilik Facebookdagi Ozbekistonda otkaziladigan Yevropa harakatlanish haftasi sahifasiga (@EuropeanMobilityWeekUz) obuna bolishga taklif qilinadi. Facebookdagi Yevropa harakatlanish haftasi aksiyasining surati uchun bu yerni bosing (va #YevropaHarakatlanishHaftasini tanlang).

Qoshimcha malumot:

Yevropa harakatlanish haftasi (qisqacha YHH) 2002-yildan buyon Yevropa Komissiyasining barqaror shahar mobilligi boyicha tashabbusidir. U shahar va qishloqlarni bir haftani harakatlanish aktsiyalariga bagishlashga undaydi. 2019-yilda YHHda dunyoning 3000 dan ortiq shaharlari qatnashdi. Yevropa harakatlanish haftasi haqida qoshimcha malumotnihttps://mobilityweek.eu/home/saytidan olishingiz mumkin.

Ozbekistondagi birinchi Yevropa harakatlanish haftasi 2019-yilda bolib otgan va Toshkent shahar Hokimligi, Ozbekiston transport vazirligi tomonidan, Yevropa Ittifoqining Ozbekistondagi delegatsiyasi komagida tashkil etilgan. 2019-yil kampaniyasi shaharlarda sayohat qilishning xavfsiz va barqaror usullari sifatida metroda sayohat va piyoda yurishga qaratilgan. Otgan yili Toshkentda bolib otgan bazi tadbirlardan 19-sentabr Bepul metro kuni va 22-sentabrda boib otgan Lutfiy kochasidagi Avtomobilsiz bir kun kocha festivalidir.

2020-yilgi Yevropa harakatlanish haftasining asosiy shiori Barchaga shaharlarda tashqi muhitga zararsiz holda harakatlanish. Shahar hududlarida turli xil iqlim, geografik va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga qaramay, ekologik neytral va inklyuziv shahar muhitini yaratish boyicha choralar korish mumkin. Shunday qilib, 2020-yilgi Yevropa harakatlanish haftasi odamlar va mahalliy hokimiyatni uzoq muddatli maqsadga yani uglerodga neytral qitaga ega bolish uchun choralar korishga undaydi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
: admin (16-09-2020, 12:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -