» » Qashqadaryoda soxta aksiyalarni 9 mln dollarga pullab, moliyaviy piramida tashkil etgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryoda soxta aksiyalarni 9 mln dollarga pullab, moliyaviy piramida tashkil etgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi bir nechta fuqarolar murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, unda T.R. va boshqalar o‘zlarini go‘yoki “N” xorijiy kompaniyasining Qashqadaryo viloyatidagi rasmiy vakili sifatida tanishtirib, 17 ta xorijiy kompaniyaning soxta aksiyalarini sotish evaziga 2 ming nafarga yaqin fuqarodan jami 9 million AQSh dollari yig‘ib olgan.

Shuningdek, yanada ko‘proq mablag‘ jalb etish hamda mijozlar sonini orttirish maqsadida yig‘ilgan 9 million AQSh dollaridan 800 ming AQSh dollarini odamlarga foiz hisobida berishgan.

Bundan tashqari, T.R. o‘ziga 78 ming AQSh dollariga Volkswagen, o‘g‘li A.N. nomiga 2 ta Lacetti rusumli avtomashina va Qarshi shahridan savdo do‘koni sotib olib, jinoiy faoliyatdan olgan daromadlarni legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan T.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют