» » Gollivud aktyori Jud Lou oltinchi marotaba ota bo‘ldi

Gollivud aktyori Jud Lou oltinchi marotaba ota bo‘ldi


Jud Lou karantin vaqtida uning oltinchi farzandi dunyoga kelganini ochiqladi. Bu haqdagi mish-mishlar avvalroq paydo bo‘lgan edi, ammo aktyorning o‘zi xabarni rasman tasdiqladi, deb yozadi Harper’s Bazaar.

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u karantin davrida vaqtini bog‘dorchilik bilan o‘tkazgan. Bundan tashqari, aktyor o‘sha paytda oltinchi farzandi dunyoga kelganini ham ta’kidlab o‘tgan.

Lou farzandining ismi, qiz yoki o‘g‘illigi haqida boshqa ma’lumot bermagan. Ammo karantin davrida bolaning tug‘ilishi har doimgidan boshqacha – qiziqarli bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, Jud Louning sobiq birinchi turmush o‘rtog‘idan uchta farzandi bor: 23 yoshli Rafferti, 19 yoshli Ayris va 18 yoshli Rudi. Shuningdek, Samanta Berkdan 10 yoshli Sofiya, Ketrin Xardingdan 5 yoshli Ada ismli qizi bor. Dunyoga kelgan chaqaloq aktyorning va uning hozirgi turmush o‘rtog‘i Filippa Koenning ilk farzandi hisoblanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют