» » Oliver Stoun Vladimir Putin haqidagi film ustida ish boshladi

Oliver Stoun Vladimir Putin haqidagi film ustida ish boshladi


Amerikalik rejissor Oliver Stoun Sydney Morning Herald gazetasiga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqidagi film ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qildi.

Stoun 2016-yilda “Olovdagi Ukraina” filmiga prodyuserlik qilgan. Filmda u Rossiya prezidenti Vladimir Putindan va Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichdan intervyu olgan.

“Janob Putin dunyodagi eng mashhur yetakchilardan biri. AQSh uni dushman — buyuk dushman — deb atagan ekan, u bunga nisbatan nima deyishi mumkinligini eshitishimiz muhim, deb hisoblayman”, — dedi Stoun intervyuda.

Ta’kidlanishicha, filmda Putinning Rossiya Federatsiyasi prezidentligiga kelgan 2000-yildan boshlab dunyoda bo‘layotgan voqealarga munosabati aks etadi. Nashrning qayd etishicha, filmni yaratish haqida rasman e’lon qilingani yo‘q.

“Film biz, amerikaliklar eshitmagan butun bir nuqtai nazarni ochib beradi”, — dedi Stoun. Uning so‘zlariga ko‘ra, tasvirga olish guruhi ikki yil ichida Putin bilan to‘rt marta uchrashdi.

Stounning aytishicha, u dastlab Putin bilan Eduard Snouden ishini muhokama qilgan va bu filmda ham bor.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-04-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют