» » “O‘zbekchorvanasl” rahbari Abdurasul Abdullayev Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi

“O‘zbekchorvanasl” rahbari Abdurasul Abdullayev Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi


Xalq deputatlari Ohangaron tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov tuman hokimligiga Abdurasul Abdullayev nomzodini tavsiya qildi. Bu haqda viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu nomzod sessiya ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan

Abdurasul Abdullayev 1968-yil Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. 1991-yili Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i, “Ipotekabank” ATIB boshqaruvi raisi, “O‘zsanoatqurilishbank” OATB boshqaruvi raisi sifatida ishlagan. 2014-yilda O‘zbekiston aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” boshqaruvi raisi etib tayinlangan. 2019-yilda u Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari — “O‘zbekchorvanasl” agentligi direktori etib tayinlangan.

Ohangaron tumaniga 2019-yil yozidan buyon Abduvohid Turdiboyev hokimlik qilib kelayotgandi.

Avvalroq Piskent tumaniga yangi hokim va sektor rahbarlari tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют