» » Anxel di Mariya “Marsel”ga qarshi o‘yindagi harakatlari uchun 6 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

Anxel di Mariya “Marsel”ga qarshi o‘yindagi harakatlari uchun 6 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin


PSJ yarim himoyachisi Anxel di Mariya Fransiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan “Marsel”ga qarshi o‘yindagi (0:1) harakatlari uchun uzoq muddatli diskvalifikatsiya olishi mumkin, deya xabar beradi Daily Mail.

Di Mariya “Marsel” himoyachisi Alvaro Gonsalesga qarata tupurgani uchun jazolanishi mumkin. Manbada aytilishicha, bu koronavirus protokolining jiddiy buzilishi hisoblanadi. Shu tariqa argentinalik futbolchi olti o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning so‘nggida ikkala jamoa a’zolari o‘rtasida janjalli vaziyat yuzaga keldi va hakam umumiy hisobda besh nafar futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatdi.

Qayd etish o‘rinli, avvalroq o‘sha uchrashuvdagi xatti-harakatlari uchun Neymarning ham yettita o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar “Marsel”ga qarshi bahsda raqib o‘yinchisi Alvaro Gonsalesning boshiga qo‘li bilan zarba bergan, hakam esa videotakrorlardan so‘ng hujumchiga qizil kartochka ko‘rsatgandi.

Braziliyalik futbolchi Gonsalesni irqchilik ruhidagi so‘zlarni ishlatganlikda ayblamoqda. Biroq Gonsales bu ayblovlarni rad etdi va Neymarga yutqazishni ham bilish kerakligini aytgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют