» » Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi


Qishloq xo‘jaligi vazirligida 15-sentabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rildi, jumladan, qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Maqsud Ro‘zmetov qishloq xo‘jaligi vazirining Yerlardan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Unga yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qilish, tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning me’yoriy qiymatini aniqlash, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish, organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini (Global G.A.P.) keng joriy etish vazifalari topshirildi. Lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining yerdan foydalanish va yer tuzish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Vazirning Moliyaviy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Shuhrat Mirzayev tayinlandi. U ushbu lavozimda Saidkamol Xodjayev o‘rnini egalladi.

Shuhrat Mirzayevga qishloq xo‘jaligida moliyaviy munosabatlar (kreditlash, lizing, subsidiyalash va dotatsiya berish) tizimini sohaning o‘ziga xos hususiyatlarini hisobga olgan holda yana-da rivojlantirish, sohada davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish, agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish kabi vazifalar topshirildi. Ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin u “Agrobank” boshqaruv kengashi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.

O‘z navbatida Saidkamol Xodjayev vazirning oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va parallel ravishda Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

Unga oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi korxonalar bilan qayta ishlovchi, tayyorlovchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlar uchun sharoitlar yaratish, oziq-ovqat sanoatining rivojlanishiga xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini jadallashtirish, zamonaviy savdo va logistika markazlarini tashkil etish kabi vazifalar topshirildi.

Botirjon Sulaymonov vazirning fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari hamda Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori etib tayinlandi. Botirjon Sulaymonov, shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti rektori lavozimida qoladi.

Unga qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi strategiyasini amalga oshirish, ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari o‘rtasida integratsiyani ta’minlash, respublikada agroxizmatlar va qishloq xo‘jaligida axborot-maslahat markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish, sohaga yangi ilmiy va innovatsion yutuqlarni, raqamli texnologiyalarni joriy etish kabi vazifalar topshirildi.

Avvalroq Moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlangani, O‘zbekiston FVV markaziy apparatida qator lavozim tayinlovlari amalga oshirilgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют