» » Senator tashabbusi bilan ikkita zamonaviy ta’lim muassasasi qurib berildi

Senator tashabbusi bilan ikkita zamonaviy ta’lim muassasasi qurib berildi


Joriy yilning 13-15-fevral kunlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, Senator Abdug‘ani Sanginov Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlarida aholi va keng jamoatchilik bilan uchrashuvlar o‘tkazgan edi. Senatorning mazkur uchrashuvlari davomida har uchala tuman aholisi tomonidan mavjud bo‘lgan bir qator ijtimoiy muammolar bildirilgan edi. Mazkur muammolar bugungi kunda o‘rganib chiqilib ijobiy hal etilmoqda. Kuni kecha viloyatning Sariosiyo va Uzun tumanlarida ikkita umumta’lim maktabi qayta qurilib foydalanishga topshirildi.

Mazkur muammolar orasida bevosita 1974-yilda qurilgan 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida shu vaqtgacha maktab o‘quvchilari uchun faollar zali, axborot resurs makazi, kutubxona , sport maydonchasi yo‘qligi va maktab binosi ta’mirtalab bo‘lib qolganligi, maktab binosini qayta rekonstruksiya qilib va kapital ta’mirlash masalalasida amaliy yordam so‘ralgan edi. Ushbu so‘rov Senator tomonidan inobatga olinib qurilish ishlari boshlandi.

Mazkur maktabda qurilish ishlari 5 oy davomida karantin talablariga to‘liq rioya qilgan holda davom ettirildi. Yangi qiyofada qad rostlagan ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Sariosiyo tuman hokimi , mahalliy kengash deputatlari, keng jamoatchilik vakillari , hamda mahalla fuqarolari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimining tantanali qismida tuman hokimi quruvchi tashkilot rahbarlari hamda faol quruvchilarga tuman hokimligining tashakkurnomalarini taqdim etdi.

Tashrif buyurgan mehmonlar maktabda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan ta’lim muassasida tashkil etilgan 20 o‘rinli axborot resurs markazi o‘quvchi yoshlarni kompyuter savodxonliklarini oshirish, ularni internet tarmog‘idan samarali va to‘g‘ri foydalanishlarida xizmat qilsa , 3000 kitob zaxirasiga ega kutubxonada turli badiiy, ilmiy va siyosiy adabiyotlar o‘quvchi yoshlarni ma’naviy yetuklik sari yetaklaydi. Shu bilan birga 168 o‘rinli faollar zali ma’naviy –ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish uchun 162 o‘rinli yozgi tomoshagoh, ,eng asosiysi esa sun’iy qoplamali sport maydonchasining qurib foydalanishga topshirilishi barchani birdek quvontirdi. Har tomonlama qulay va zamonaviy tartibda qurilgan futbol maydonchasida endi mahalla yoshlari ham maktab o‘quvchilari bilan birgalikda kunning istalgan vaqtida sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ta’lim muassasasidagi keng va shinam, barcha zamon talablariga mos holda jihozlangan sinf xonalarida sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilingan holda dars mashg‘ulotlari o‘tkazish imkoniyati yaratilgan .

Ma’lumot o‘rnida, maktabning 3 nafar o‘quvchisi joriy yilgi Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida 189 ballni to‘plab 100 % natijani qo‘lga kiritgan.

Tadbir so‘ngida tuman hokimi hamda tashrif buyurgan mehmonlar maktabning birinchi sinf o‘quvchilariga prezident sovg‘alarini topshirdilar.

Senator Abdug‘ani Sanginovning navbatdagi uchrashuvi 2020-yilning 13-fevral kuni Uzun tumanida tashkil etilgan edi. Ushbu uchrashuvda 53-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori tomonidan bir qator ijtimoiy muammolar bildirildi.

Murojaatda aytilishicha mazkur maktab paxsa loydan qurilib, bugungi kunda termitlar (yog‘och va loy xasharoti) yeb bitkazib foydalanishga o‘ta yaroqsiz axvolda bo‘lib, ushbu holat ham o‘qituvchilarda ham o‘quvchilarga noqulayliklar tug‘dirayotgan edi.

Ta’lim muassasasida o‘sha jarayonda 2 navbatda o‘qish tashkil etilib, 180 bola tahsil olgan. Maktabning qo‘shimcha binolari ham avariya holatiga kelib qolgan edi. Tuman faollarining Senatorga qilgan murojaati inobatga olinib 2 qavatli bir vaqtda 220 nafar o‘quvchi tahsil oladigan zamonaviy maktab qurilishi joriy yilning mart oyida boshlab yuborildi.

Quruvchilari tomonidan 5 oy davomida qurib bitqazilgan maktab binosining tantanali ochilish marosimida Uzun tuman hokimi o‘rinbosari , viloyat va tuman xalq ta’limi mutasaddilari, mahalla fuqarolari hamda keng jamoatchilik vakillari, quruvchilar ishtirok etishdi.

Marosimning tantanali qismida tuman hokimi o‘rinbosari hamda Quruvchi tashkilot rahbarlari so‘zga chiqib tumanning chekka hududida qurib bitqazilgan ushbu ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar, qulayliklar, ushbu yaratilgan barcha imkoniyatlardan to‘g‘ri va oqilona foylanish kerakligi haqida ta’kidlab o‘tdilar.

Qurilish ishlarida faol ishtirok etgan quruvchilarga tuman hokimligining tashakkurnomalari taqdim etildi. So‘ngra maktab ma’muriyatiga yangi maktab binosining ramziy kaliti topshirildi.

Ta’lim muassasini kuzatar ekanmiz keng va yorug‘ sinfxonalar, zamonaviy ko‘rgazmali qurollar, 500 dan ortiq badiiy va ilmiy adabiyotlar zahirasi mavjud kutubxona, eng so‘nggi rusumdagi kompyuter jamlanmalari bilan jihozlangan axborot resurs markazi qishloq aholisi farzandlari uchun foydalanishga topshirildi.

Maktabning har bir sinfxonasida esa alohida qo‘l yuvish moslamalari hamda ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Bu esa o‘quvchi yoshlarning mashg‘ulotlar jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlariga ko‘mak beradi.

Shu o‘rinda mazkur maktabda qurilgan sun’iy to‘shamali sport maydonchasi bugun chekka hududda yashayotgan yoshlar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Endi ular turli sport to‘garaklarini va musobaqalarini ushbu maydonda o‘tkazadilar.

Haqiqatdan ham qir –adirlar o‘rtasida bunday qulayliklar yaratish anchagina zaxmat va mashaqqat talab etadi. Maktab hududida artizan qudug‘i qazilib ta’lim muassasasi va uning atrofida yashovchi fuqarolar ichimlik suvi bilan ta’minlandi. O‘rnatilgan yangi transformator aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlari qondirishda yordam beradi.

Bundan tashqari, senator tashabbusi bilan Denov tumani “Xolchayon” MFY hududida jami 12500 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati ega bo‘lgan zamonaviy 21-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi kapital rekonstruksiya qilindi. “Lupon” MFYda 5000 nafar aholiga xizmat qilishi mo‘ljallangan zamonaviy qishloq oilaviy poliklinika yangidan qurib berildi. Har ikkala tibbiyot muassasi ham hozirda aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Senator tomonidan bu kabi xayrli va savobli ishlar tumanlarda davom ettirilmoqda. Xususan, ichimlik suvi borasida Uzun, Sariosiyo va Denov tumanlarida jami 50 dan ortiq suv chiqarish inshooti yangidan o‘rnatildi. 80 dan ortiq suv quduqlari (artizanlar) ta’mirlandi. Elektr energiyasi masalasidagi murojaatlar bo‘yicha uchta tumanga umumiy 30 dan ortiq yangi transformatorlar o‘rnatib berildi. Shu qatori ichki yo‘llar ham ta’mirlab berildi.

Ushbu jarayonlardan ko‘rishimiz mumkinki, Senator Abdug‘ani Sanginov xalq vakili sifatida saylovchilar oldida bergan va’dalarini bajarayotganligi alohida e’tirof etish joizdir.

Bu amalga oshirilayotgan ishlar avvalambor Yurtboshimiz islohotlari samarasi bo‘lib, “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak!” degan hayotiy tamoyillariga hamohangdir.

Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют