» » Xorazmda oilaviy janjal oqibatida 44 yoshli erkak xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Xorazmda oilaviy janjal oqibatida 44 yoshli erkak xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi


Xorazm viloyati Urganch tumanida 16-sentabr kuni yarim tunda er va xotin o‘rtasida yuz bergan oilaviy janjal ayolning o‘limi bilan tugadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 16-sentabr kuni soat 01:30 da Urganch tumani IIB navbatchilik qismiga tuman kasalxonasidan xabar tushgan. Xabarda Urganch tumani G‘alaba qishlog‘i “Qumrobod” mahallasida yashagan, uch nafar farzandi bor uy bekasi, 1976-yilda tug‘ilgan U.A.ning bo‘yin sohasidan bo‘g‘ib o‘ldirilgan holdagi jasadi olib kelinganligi bildirilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida aniqlanishicha, shu kuni soat 00:30 da U.A.ning uyida uning turmush o‘rtog‘i, Rossiyada mavsumiy ishlovchi, 1976-yilda tug‘ilgan S.A. bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjal yuz bergan. Janjal natijasida erkak qo‘llari bilan U.A.ning bo‘yin sohasidan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Hozirgi paytda Urganch tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yil 12-avgust kuni S.A uyida turmush o‘rtog‘i U.A bilan janjallashgan, ular bir-birlarini urib tan jarohati yetkazgan. Ushbu holat bo‘yicha ularning ikkalasi ham Urganch tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Arizalar bo‘yicha surishtiruv olib borilib, 2020-yil 21-avgust kuni Ma’muriy ishlar bo‘yicha Urganch tumani sudi tomonidan S.A Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasiga (yengil tan jarohati yetkazish) asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Surishtiruv davomida aniqlanishicha, S.A va U.A. turmushdan ajrashish arafasida bo‘lgan, S.A. uyidagi buyumlar hamda U.A.ning tilla-taqinchoqlarini sotmoqchi ekanligini aytib yurgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют