» » OAV: F-35 qiruvchi samolyotining AQSh harbiy-havo kuchlariga yetkazilishi noma’lum muddatga qoldirilmoqda

OAV: F-35 qiruvchi samolyotining AQSh harbiy-havo kuchlariga yetkazilishi noma’lum muddatga qoldirilmoqda


F-35 beshinchi avlod qiruvchi samolyoti narxi oshishda davom etmoqda, uning AQSh harbiy-havo kuchlariga yetkazilishi esa noma’lum muddatga qoldirilmoqda. Bu haqda National Interest jurnali sharhlovchisi Den Graze ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Muallif havo kemasining sinov parvozlari xarajati smetadan 1,7 milliard dollarga oshib ketgani va mazkur raqam yakuniy emasligi qayd etilgan AQSh Hisob palatasi hisobotiga e’tibor qaratgan.

“Sinovlarning eng murakkab qismi hali oldinda, kelgusida yana nosozliklar aniqlanishi mumkin. Shu sababli dastur qiymati oshishda davom etishi ehtimoldan xoli emas. Amerikalik soliq to‘lovchilar istiqbolli qiruvchini anchagacha moliyalashtirishiga to‘g‘ri keladi”, — ta’kidladi Den Graze.

Sharhlovchiga ko‘ra, uchuvchilar hozirda yakuniy versiyasi 2016-yil noyabridagina taqdim etilgan samolyotning dasturiy ta’minotini tekshirish bilan shug‘ullanmoqda. Biroq sinovlar belgilangan jadvaldan sezilarli darajada ortda qolmoqda.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют