» » Torres, Xavi va Neymar. Ronaldu va Messi bo‘lmaganida so‘nggi o‘n yillikda “Oltin to‘p”ni kimlar olgan bo‘lardi?

Torres, Xavi va Neymar. Ronaldu va Messi bo‘lmaganida so‘nggi o‘n yillikda “Oltin to‘p”ni kimlar olgan bo‘lardi?


“Oltin to‘p” futbol olamidagi eng nufuzli individual mukofot hisoblanadi. Ammo so‘nggi 12 yil davomida uni faqat “yerlik bo‘lmagan” ikki futbolchi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu qo‘lga kiritdi. Faqatgina Modrich orada (2018-yilda) ushbu seriyani to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi. Messi va Ronalduning xizmat va mahoratlariga e’tiroz bildirmagan holda, shunchaki agar ular bo‘lmaganida “Oltin to‘p”ni kimlar olgan bo‘lishi tasavvur qilib ko‘riladi.

2008-yil — Fernando Torres

Krishtianu Ronaldu ilk “Oltin to‘p”ini 2008-yilda qo‘lga kiritgan edi. Ovoz berishda ikkinchi o‘rinni esa Messi egallagan. Biroq o‘sha yili faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlardan birini o‘tkazgan va o‘zining top-darajadagi forvard ekanini isbotlagan Fernando Torres bor-yo‘g‘i uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgandi. Ispaniyalik futbolchi “Liverpul” safida Premyer Ligada naqd 33 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgandi. Shuningdek, u Ispaniya terma jamoasi safida Yevro—2008 finalida g‘alaba to‘pini ham kiritgandi.

2009, 2011-yil — Xavi

Maestro har ikkala yilda ham faqat uchinchi o‘rin bilan cheklangan. 2009-yilda Leo Ronalduni anchaga ortda qoldirib, sovrinni o‘ziniki qilgan bo‘lsa, ikki yil o‘tib ham, argentinalik yana bir g‘olib deb topilgan. Aslini olganda Messining g‘alabalarida Xavining hissasi katta bo‘lgan.

2010, 2012-yillar — Andres Inyesta

Inyesta ham ikki bor “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishga juda yaqin kelgan. 2010-yilda u Messidan bor-yo‘g‘i 5 foiz kam ovoz to‘plagan bo‘lsa, 2012-yilda uchunchi o‘rin bilan cheklanadi. Biroq o‘sha yillarda Andres haqiqatan ham “Oltin to‘p”ga Messi va Ronaldudan kam loyiq emasdi. Ispaniyaning 2010-yilgi (JARda o‘tgan) Jahon Chempionatidagi va Yevro—2012 dagi (Ukraina va Polshada o‘tgan) g‘alabalarida uning xizmatlari beqiyos bo‘lgan. Uning yagona kamchiligi Messi va Ronaldu bilan bir davrda o‘ynaganidir.

2013-yil — Frank Riberi

2013-yili butun dunyo (Ronalduning muxlislaridan tashqari), xususan, Germaniya “Oltin to‘p”ni Ronaldu emas, balki Frank Riberi olmaganidan norozi bo‘ldi. O‘sha mavsumda fransiyalik futbolchi tom ma’noda “dahshatli” formada edi — 11 ta gol va 23 ta golli uzatma. Eng muhimi, u o‘sha yili “Bavariya” bilan Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqandi.

2014-yil — Manuel Noyer

Riberidan keyin mazkur sovrinni “Bavariya”ning yana bir futbolchisi qo‘lga kiritishi mumkin edi. Manuel Noyer mavsumni mukammal o‘tkazadi: 25 ta “quruq” o‘yin va Germaniya yakunda g‘alaba qozongan Braziliyadagi Mundialda “Oltin qo‘lqop”. Biroq Noyerga afsonaviy Lev Yashinning natijasini takrorlash (“Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan birinchi va yagona darvozabon) nasib etmagan. Sovrinni Ronaldu ilib ketdi.

2015-yil — Neymar

O‘sha davrda “Barselona” hujum uchligi (Suares, Messi va Neymar) dunyoda eng kuchlisi hisoblanardi. Braziliyalik esa faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazgandi — 39 ta gol, 10 ta assist. Ammo jamoada undan-da zo‘r va sermahsul o‘yinchi bor edi. Va aynan sovrinni ham u tortib oldi. Aytishlaricha, Neymar aynan shundan so‘ng Messining soyasi bo‘lishdan voz kechib, klubdan ketishga qaror qilgan.

2016-yil — Antuan Grizmann

2016-yili Ronaldu ovoz berish natijalariga ko‘ra, katta farq bilan g‘olib bo‘ldi. Muvaffaqiyat kaliti bo‘lib esa Portugaliyaning Yevro—2016 dagi g‘alabasi bo‘ldi. Biroq futbol jamoatchiligi sovringa ega chiqish uchun bor kuchini sarflagan Antuan Grizmanni unutib qo‘ydi. Fransiyaning Yevropa chempionati finaliga chiqishida va “Atletiko”ning Yevropa Ligasida g‘olib bo‘lishida uning xizmatlari juda katta edi. Bundan tashqari, futbolchining o‘zi barcha musobaqalarda 40 ta gol urgandi.

2017-yil — Neymar

2017-yilda Neymar “Oltin to‘p” nomzodlari orasida yana uchinchi o‘rinni egalladi. Braziliyalik futbolchi bu paytga kelib, allaqachon PSJning yetakchi futbolchisi edi. Biroq u yana orzusiga erisha olmadi (aynan shu sabab “Barselona”dan ketgandi). Bu safar Krishtianu Ronaldu unga “xalaqit” berib qoldi. Neymar JCh yoki Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonmasa va faqat Fransiya chempionati bilan cheklansa, yaqin orada “Oltin to‘p”dan umid qilmasa ham bo‘laveradi. Buning ustiga yoshi xam 30 ga (28) yaqinlashib qoldi. Shunday ekan Neymar tezroq otini qamchilashi lozim, aks holda orzusi armonga aylanishi hech gap emas.

2018-yil — Rafael Varan

2018-yilda Luka Modrich nihoyat Messi va Ronaldu eposini to‘xtatdi. Biroq o‘sha yili futbol jamoatchiligining aksariyati bundan norozi bo‘ldi. Chunki hamma Rafael Varanning g‘alabasi muqarrar ekanligi haqida gapirayotgandi. Ammo Varan garchi “Real” bilan Chempionlar Ligasida, Fransiya terma jamoasi bilan Jahon Kubogida g‘alaba qozongan bo‘lsa ham, ovoz berish natijalariga ko‘ra, atigi sakkizinchi o‘rindan joy oldi. Mavsumni esa a’lo darajada o‘tkazdi. Tabiiyki, bu yerda savol tug‘iladi: agar himoyachiga shuncha xizmatlaridan keyin ham “Oltin to‘p” berilmagan bo‘lsa, unda ushbu ampuladagilar bu mukofotni olishi uchun nima qilishi kerak?!

2019-yil — Virjil van Deyk

Va nihoyat oxirgi, 2019-yilgi yutuq. Unda Messi yana (oltinchi marta) mazkur mukofotni o‘ziniki qildi. Varan bilan bo‘lgani kabi, Virjil van Deyk ham taqdirlash marosimiga katta umidlarda kelib, quruq qo‘l bilan uyiga qaytishga majbur bo‘ldi. Uning “Liverpul”i esa Chempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqqandi. Niderlandiyalik futbolchi uchun eng alam qilgan joyi, u Messidan bor-yo‘g‘i yettitaga kam ovoz jamg‘argandi.

Boshqa maqolalar: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 04:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 126) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют