» » “Yil boshidan sentabr oyigacha tadbirkorlar uchun 28 trln so‘mlik bojxona imtiyozlari berildi” – Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i

“Yil boshidan sentabr oyigacha tadbirkorlar uchun 28 trln so‘mlik bojxona imtiyozlari berildi” – Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i


Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Ilhom Muhtorovning aytishicha, 2020-yil boshidan sentabr oyigacha tadbirkorlik subyektlari uchun 28 trillon so‘mlik bojxona imtiyozlari berilgan. U bu haqda 16-sentabr kuni AOKAda “Bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi” mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Bojxona imtiyozlari tadbirkorlik subyektlari uchun zavod qurish, yangi texnologiya olib kirish, yangi ishchi o‘rin yaratish, yangi qo‘shilgan qiymat solig‘ini keltirib chiqaradigan mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish uchun beriladi. Bojxona nazoratida tekshiruv mahsulotning kodi, turi, bojxona qiymati va imtiyoz masalasi kabi 3-4 ta omil asosida olib boriladi. Mana shu jarayonlarni tadbirkorlarga yengillik sifatida yana ham soddalashtirib berayapmiz”, dedi – Ilhom Muhtorov.

Uning aytishicha, import qilinayotgan tovarlarning qariyb 65 foizi tezlashtirilgan tartibda, yashil yo‘laklarda tekshrilib o‘tkazilmoqda. Bu esa tadbirkorlarga bir qancha qulayliklar yaratadi. Xususan, oldingi yillarga qaraganda 4,5 martaga tekshiruv vaqti qisqardi va bu bilan tovarlar bojxona omborlarida saqlanmaydi. Bu esa tadbirkor o‘z mahsulotlarining bojxona omborlarida saqlashi uchun mablag‘ sarflamaydi. Mana shu qulayliklar tadbirkorlik subyektlariga ancha yengillik bo‘lmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 07:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют