» » Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limining sobiq rahbari 141 mln so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgani aniqlandi

Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limining sobiq rahbari 141 mln so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgani aniqlandi


Andijon viloyatining Andijon shahrida XTB mudiri 141 million 364 ming so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Andijon shahar prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon shahar moliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida ayni paytda shahar xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi bo‘lib ishlayotgan S.E. 2020-yilning 12-iyuniga qadar bo‘lim mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan. U bo‘limning boshqa mansabdor shaxslari bilan til biriktirgan holda 141 million 364 ming 663 so‘m budjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan S.E. hamda boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют