» » Dilyaver Vaniyev: “Qizil kartochkadan so‘ng o‘yinni qaytadan qurish qiyin kechdi”

Dilyaver Vaniyev: “Qizil kartochkadan so‘ng o‘yinni qaytadan qurish qiyin kechdi”


“Mash’al” katta murabbiyi Dilyaver Vaniyev Coca-Cola Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor”ga qarshi o‘yindan (1:2) keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘yinni barcha ko‘rdi, bahona qilmoqchi emasman, ammo vaziyat shuni taqozo etdi. O‘yinni qaytadan qurib chiqish qiyin kechdi. Bunga raqibning saviyasi ham imkon bermadi. Ruhiy tomondan ham bu ancha og‘ir vaziyat.

Katta kuch yo‘qotishimizga to‘g‘ri keldi. Harakat qilishda davom etamiz. Uyda o‘ynaganimizni esdan chiqarsak ham bo‘ladi: ko‘p sonli muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashlari yetishmadi.

“Bunyodkor”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bu — futbol, qizil kartochka borasida hech qanday e’tirozim yo‘q.

Dilyaver Vaniyev, “Mash’al” katta murabbiyi

Eslatib o‘tamiz, “Mash’al” — “Bunyodkor” uchrashuvining 1-daqiqasidayoq muborakliklar darvozaboni qizil kartochka olib maydonni tark etgandi.

“Mash’al” 15-turdan keyin 19 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “Qizilqum” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют