» » Andrey Shipilov Qo‘qondagi maydon haqida: “Futbolchilarga rahmim keladi”

Andrey Shipilov Qo‘qondagi maydon haqida: “Futbolchilarga rahmim keladi”


“Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov Coca-Cola  15-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘yindagi g‘alabadan (2:0) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mavsumning 12 ta turi ortda qoldi. Har bir jamoaning o‘z maqsadi bor. Qo‘qonliklar o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yganligini eshitdim. Bizda ham o‘z rejalarimiz, maqsadlarimiz bor. Har bir o‘yinga futbolchilarni yaxshi tayyorlashga harakat qilyapmiz. Aytish joiz, har ikki jamoaga ham oson bo‘lmadi. Futbolchilarga rahmim keladi. Ular shunday sharoitda ham maydonga tushmoqda. Barcha futbolchilar o‘z salomatligiga tavakkal qildi. Maydon chetida turib yaratgandan hech qaysi futbolchi jarohat olmasligini so‘rab turdim. Futbolchilar harakat qilmadi demagan bo‘lardim. Qo‘lidan kelganicha harakat qildi.

Har ikki jamoa ham o‘z darajasida o‘ynay olmadi. Garchi g‘alaba qozongan bo‘lsak ham o‘yindan ko‘nglim to‘lmadi. Shogirdlarim kichik mo‘jiza yaratdi. Pandemiyaning birinchi tanaffusiga qadar barchasi yaxshi edi. Ikkinchi tanaffusdan yaxshi holatda chiqdik deb bo‘lmaydi, to‘g‘ri safarda “Lokomotiv” va “Andijon”ni yutdik. Hozir futbolchilar kichik qahramonlik ko‘rsatmoqda. Futbolchilarning tiklanishi murakkab kechayotganini ta’kidlagan bo‘lardim. Ularga oson deb bo‘lmaydi. Ikkita safar uchrashuvi ancha qiyin kechdi.

Hozir men chempionatda yana tanaffus bo‘lib qolishidan qo‘rqyapman. Yuzaga keladigan har qanday tanaffus futbolchilar uchun og‘ir bo‘ladi. Uchinchi tanaffus kerak emas, deb hisoblayman. Bundan buyog‘iga to‘xtalishlarsiz mavsumni yakunlashni istayman.

Andrey Shipilov, “Metallurg” bosh murabbiyi

Eslatib o‘tamiz, “Qo‘qon-1912” — “Metallurg” uchrashuvi bo‘lib o‘tgan Qo‘qondagi stadionda avvalroq OTM imtihonlari o‘tkazilgandi.

“Metallurg” 15-turdan keyin 28 ochko bilan 5-o‘rinda ketmoqda. Jamoa 16-turni muddatidan avval “Paxtakor”ga qarshi o‘tkazgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют