» » Istanbulda Eron muxolif telekanalining rahbari o‘ldirildi

Istanbulda Eron muxolif telekanalining rahbari o‘ldirildi


29-aprel kuni Istanbulda Eron rasmiy hokimiyatida muxolif kayfiyatdagi bir qancha sun’iy yo‘ldosh telekanallarini birlashtiruvchi Gem TV telekompaniyasi rahbari Said Karimiyon otib o‘ldirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Britaniya fuqaroligiga ega Karimiyon bilan birga uning kuvaytlik biznes hamkori ham o‘ldirildi.

Karimiyon Eron sudi tomonidan sirtdan olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Voqea kechki soatlarda Istanbulning Yevropa qismida ro‘y berdi. Karimiyon va uning sherigi o‘tirgan mashinaning yo‘lini qora rangli “jip” to‘sdi. Mashinadan niqobli kishilar chiqib, avtomobilni o‘qqa tutdi. Karimiyon voqea joyida halok bo‘ldi, uning sherigi shifoxonada jon berdi.

Turkiya politsiyasi voqeani taftish qilmoqda. Ayni paytda kuzatuv kameralari materiallari o‘rganilmoqda.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют