» » Xayriya ishlari, atrofdagilarni maqtash. Inson o‘zini baxtli his qilishga yordam beradigan odatlar

Xayriya ishlari, atrofdagilarni maqtash. Inson o‘zini baxtli his qilishga yordam beradigan odatlar


Insonlar baxt haqida shunday o‘ylaydi: u xuddi kapalakdek atrofingda uchib yuradi, ammo qo‘lda tutishning iloji yo‘q. Ehtimol, avval insonlar shunday fikrda bo‘lgandir, lekin XXI asrda ilm-fan barcha narsaning chorasini topmoqda, shuningdek baxtli bo‘lishning ham. Quyida har kim o‘zini baxtli his etishi uchun amalga oshirish juda ham oson bo‘lgan odatlar tavsiya etilgan, marhamat tanishib chiqing.

Xayriya bilan shug‘ullanish

Garvard tadbirkorlik maktabi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni isbotladiki, insonning 5 dollar xayr-ehson qilishi uni lotereyadan 100 dollar yutib olgandek xursand qiladi. Darhaqiqat, odamlar orasida bir-biriga ko‘mak berishni istaydiganlar ko‘p, shuni bilish, ayniqsa, guvohi bo‘lishning o‘ziyoq baxtli qiladi. Baxtni his qilishni istaydiganlar atrofdagilarga yordam qo‘lini cho‘zishi bilan xursandchilik kayfiyatini paydo bo‘ladi.

Atrofdagilarni maqtash

Maqtov hammaga yoqadi, albatta, sizga ham. Lekin birovga aytilgan maqtov, uning yutuqlarini yuqori baholash insonni yanada baxtliroq his qilishga yordam beradi. Shuningdek, minnatdorlik bildirish ham xuddi shunday ta’sir kuchiga ega, albatta, bularning barchasi chin dildan aytilishi kerak. Sinov uchun do‘stlar va yaqinlar hamisha maqtalib tursa, inson o‘zidagi xotirjamlik va baxt tuyg‘usini seza boshlaydi.

Ko‘proq harakat qilish

Salomatlikning eng asosiy bo‘g‘ini turmush tarzi bilan chambarchas bog‘langan. Sidney universiteti tadqiqotchilari kuniga 7 soatdan ortiq o‘tirgan yoshi katta ayollarning depressiyaga tushish ehtimoli boshqalarnikiga qaraganda ikki baravar yuqori ekanligini aniqladilar. Shuningdek, faol hayot tarzi bilan shug‘ullanuvchilar o‘z yumushlaridan tashqari 10 daqiqalik jismoniy mashg‘ulotni amalga oshirishi depressiya xavfini 26 foizga kamaytirdi. Shunday qilib ko‘proq harakatda bo‘lish nafaqat sog‘lom bo‘lish, balki haqiqiy baxtni his etishga ham yordam beradi.

O‘zni tahlil qilish

Ishonish qiyin, ammo baxt hattoki insonning gavda tutishiga ham bog‘liq. Toronto universiteti mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ishtirokchilari o‘z tajribalaridan kelib chiqib, yelkalarni oldga bukib yurish har qanday insonga baxtsizlik tuyg‘usini singdirishini aniqladi. Yelkalarni keng ochib, orqa tomonga tashlab, iyakni ko‘targan holda g‘olibdek yurish – kayfiyatni ko‘tarish, baxt gormonini oshirishga yordam beradi. Aytgancha, sekin, malollanib emas, tez va dadil qadam tashlash ham baxtiyorlikka yo‘l ochadi.

Parhez qilish

Buning uchun qisqa vaqt ichida sevimli taomdan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Oradan biroz vaqt o‘tgandan so‘ng o‘sha sevimli taom iste’mol qilinganda haqiqiy baxtning kuchli impulsini his etish mumkin. Bu mutaxassislarning tadqiqot natijasidan kelib chiqib berilgan tavsiya hisoblanadi.

Surat chizishga kirishish

Hayotida bir marotaba ham qalam ushlamagan inson ham rasm chizishi mumkin, masalan, shunchaki raqamlar yoki yozuvlar yoki tayyor rasmlarni bo‘yash. Olimlarning aytishicha, badiiy ijod bilan bog‘liq bo‘lgan mashg‘ulot insonning psixologik barqarorligini va stressga qarshi qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Shuning uchun kamida haftada bir marotaba rasm chizish tavsiya etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют