» » O‘zbekiston koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyor — Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova

O‘zbekiston koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyor — Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar uchun 10 mingga yaqin qo‘shimcha zaxira o‘rinlarini tayyorlash ishlari olib borilayotganini bildirgan.

Hozirda 3 500 nafar bemor belgilangan standartlar bo‘yicha davo olayotgani, kasallanganlarga 114 ta muassasada 19 346 ta o‘rin tashkil etilgan.

Abdusamatova, shuningdek, “Butun dunyo bo‘ylab kuz mavsumida ikkinchi to‘lqinga tayyorgarlik ketyapti, ba’zi davlatlarda boshlanganligi haqida xabarlar bor. O‘zbekiston ikkinchi to‘lqinga tayyormi?”, degan savolga atroflicha javob bergan.

Ha, tayyor. Epidemiya davrida vaziyat har tomonlama o‘rganib chiqildi. Shu davrga qadar erishilgan yutuqlar va kamchiliklar ko‘rib chiqilib tahlil qilindi. Endilikda shifoxonalar kadrlar salohiyati, moddiy texnik bazasi bilan ta’minlangan. Barcha shifoxonalar va mutaxassislarning ushbu yo‘nalishda tajribalari bor. Ular kasallik avj olishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu bilan birga shuni aytib o‘tmoqchimanki, bemorlarga o‘z vaqtida malakali va zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatishga imkon va barcha kerakli dori vositalarining zaxiralari yaratilgan.

Barno Abdusamatova, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi 

Avvalroq Barno Abdusamatova ikkinchi to‘lqin kelishi uchun barcha bemorlar tuzalib, kunlik aniqlanayotgan kasallar soni umuman bo‘lmasligi kerakligini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga hayfsan e’lon qilish haqidagi farmoyishida O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini ketayotgani ta’kidlangan edi. Koronavirusga qarshi kurash shtabining yana bir a’zosi Habibulla Oqilov ikkinchi to‘lqin boshlanishi uchun birinchisi tugashi kerakligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют