» » Xalqaro madaniy meros kongressida akademik Edvard Rtveladzening 75 yilligi nishonlanadi

Xalqaro madaniy meros kongressida akademik Edvard Rtveladzening 75 yilligi nishonlanadi


2017-yilning 15—16-may kunlari Toshkent va Samarqandda o‘tkaziladigan “O‘zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” mavzuidagi xalqaro ilmiy-madaniy kongress qator tadbirlarni qamrab oladi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Tadbir ishtirokchilariga, shuningdek, dunyoning turli muzeylarida saqlanayotgan O‘zbekistonning kolleksiyalari to‘g‘risidagi hujjatli filmlar namoyish etiladi. Shu maqsadda loyihaning ijodiy guruhi tomonidan dunyoning 15 ta muzeyida tasvirga olish ishlari olib borildi va taniqli olimlardan intervyular olindi.

Kongressda “Dunyo to‘plamlarida O‘zbekistonning madaniy merosi” eksklyuziv madaniy-ma’rifiy media-loyihasi taqdimoti tadbirning asosiy voqeasiga aylanishi kutilmoqda. Loyiha muallifi va rahbari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist F. Abduxoliqov bo‘lsa, ilmiy rahbar mashhur arxeolog, tadqiqotchi, tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Edvard Rtveladzedir.

Shuningdek, professor Edvard Rtveladzeni 75 yilligi bilan muborak etish tadbirning tantanali nuqtasiga aylanadi.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 61) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют