» » Tramp AQShda koronavirusga qarshi vaksinatsiya qachon boshlanishini ma’lum qildi

Tramp AQShda koronavirusga qarshi vaksinatsiya qachon boshlanishini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida koronavirusga qarshi vaksinaning mamlakat aholisi o‘rtasida keng tarqatish oktabr oyidan boshlanishini ma’lum qildi, deb xabar beradi CNBC.

“Biz vaksinani xavfsiz va samarali tarzda taqsimlash hamda yetkazib berish yo‘lidamiz. O‘ylashimizcha, buni taxminan oktabrda boshlashimiz mumkin”, — deydi Amerika yetakchisi.

Trampning aniqlik kiritishicha, bu oktabr o‘rtalarida yoki biroz keyinroq bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, u AQShda vaksinaning omadsiz yakunlanishi ushbu muddatning yana cho‘zilishiga olib kelishini qo‘shimcha qilgan.

AQSh Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi qoshidagi Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi direktori Robert Redlifning COVID-19’ga qarshi vaksinadan mamlakat aholisi faqatgina 2021-yilning ikkinchi yarmidan foydalanishi mumkinligi to‘g‘risidagi fikrni Tramp xato deb atagan.

“O‘ylashimcha, u xato aytgan. Bu shunchaki noto‘g‘ri ma’lumot. Unga qo‘ng‘iroq qildim va u menga bu haqida hech narsa demadi”, — deydi Tramp.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqasi bo‘yicha direktori Hans Klyuge koronavirusga qarshi yaratiladigan bo‘lajak vaksina pandemiyaga chek qo‘ya olmasligi va aholining barcha qatlami uchun birdek samarali bo‘lmasligini ma’lum qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, avgust oxirlarida Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolangani, Rossiyada gripp va koronavirusga qarshi yagona vaksina yaratilayotgani, “Rospotrebnadzor”ning “Vektor” davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi ikkinchi vaksinaning klinik sinovlari ikkinchi bosqichi yakuniga yetkazilishi bilan guvohnomaga ega bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar berilgandi. Bir necha kun oldin Britaniya—Shvetsiyaning AstraZeneca kompaniyasi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksina sinovlari bemorlarning birida ikkilamchi ta’sir paydo bo‘lgani sabab to‘xtatilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют