» » Jizzaxda 9-sinf o‘quvchisi dars paytida to‘satdan vafot etgani yuzasidan prokuratura tergovga qadar tekshiruv boshladi

Jizzaxda 9-sinf o‘quvchisi dars paytida to‘satdan vafot etgani yuzasidan prokuratura tergovga qadar tekshiruv boshladi


Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumta’lim maktabida o‘quv yili boshlanishining birinchi kunida 9-sinf o‘quvchisi dars vaqtida to‘satdan vafot etgandi. “Kun.uz”ning xabar berishicha, hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, Sh.S.da surunkali kasallik, ekspertiza ko‘rigida uning tanasida biron-bir tan jarohati aniqlanmagan.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, o‘quvchining o‘limiga o‘tkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi tez va qisqa vaqt ichida yuzaga kelganligi sabab bo‘lgan.

Ushbu maktabda o‘quv yili 14-sentabr kunidan boshlangan bo‘lib, Sh.S. darslarga to‘liq qatnashib kelgan va o‘zlashtirishi o‘rta holatda bo‘lgan.

Maktabning 9-“v” sinf rahbari o‘z tushuntirish xatida o‘quvchida muqaddam kasal bo‘lish holatlar bo‘lmaganligini, darslarga to‘liq qatnashib kelmaganligini, biron-bir og‘ir kasallik bilan kasallanmaganligini, darsga kelgan vaqtida ham holati yaxshi bo‘lganligini, harorati 36,8 bo‘lganligini ma’lum qilgan.

Holat bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan, maktab direktori, direktor o‘rinbosarlari, maktab psixologi, 9-“v” sinf rahbari, “Ziyokor” QVP mudiridan tushuntirish xatlari olgan.

Avvalroq Toshkentdagi ikkita maktab ochilganidan ikki kun o‘tib karantinga yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 14-sentabrdan boshlab yana ochilib, an’anaviy ta’lim faoliyati yo‘lga qo‘yilgan maktablar soni 2635 tani tashkil etdi. Aksariyat maktablarda an’anaviy ta’lim oktabr oyiga qadar tiklanishi kutilmoqda. Bunda maktablarni ochish haqidagi qaror individual tarzda joylardagi haqiqiy holat hamda sog‘liqni saqlash tizimi xulosalariga muvofiq, mahalliy kengash deputatlari ruxsatidan so‘ng qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют