» » Koronavirusga qarshi ommaviy immunitet hosil qilish ketidan kasallanish holatlari ortib, klinikalar bemorlarga to‘lib ketishi mumkinligi ma’lum qilindi

Koronavirusga qarshi ommaviy immunitet hosil qilish ketidan kasallanish holatlari ortib, klinikalar bemorlarga to‘lib ketishi mumkinligi ma’lum qilindi


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova O‘zbekiston jamoaviy immunitet hosil qilish yo‘li bilan koronavirusga qarshi kurash usuli tanlamasligini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: “O‘zbekiston hech qachon bu yo‘lni tanlamaydi” — ommaviy immunitet haqida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi izoh berdi

Albatta, bu ham bir yo‘l, lekin juda xavfli. Koronavirusga ommaviy immunitet shakllanishi uchun aholining 60 foizdan 80 foizgacha qismi kasallanib, sog‘ayishi kerak. Ko‘plab odamlarning hayotini, ayniqsa surunkali kasalliklari borlar, yoshi kattalar, homiladorlar va bolalarni xavf ostiga qo‘yishimiz mumkin. Aksariyat odamlarning kasallanishi, davolanishi va immunitet hosil qilishi uchun bir necha yillar kerak bo‘ladi. Shuningdek, epidemiyani oldini olmasak, infeksiya tarqalishi rivojlanib ketadi. Oqibatda kasallanish holatlari ortib ketishi natijasida klinikalar bemorlarga to‘lib, sohaga bosim ortadi, o‘lim ko‘payadi. Shuning uchun ushbu yo‘lni O‘zbekiston hech qachon tanlamaydi va aksincha pandemiyani nazoratda ushlab turib ko‘p vaqt davomida kamroq odamlar kasal bo‘lishiga erishishimiz mumkin. Yurtimizda har bir inson salomatligi birinchi o‘rinda turadi. Vaqt o‘tishi bilan har bir inson hayoti davomida bu infeksiya bilan to‘qnashishi mumkin, lekin bu davrda koronavirusning kasallik chaqirish qobiliyati kamaygan bo‘lsa, uni ancha yengil kechiradi. Shu davr ichida esa vaksina masalasi ham hal bo‘lishi mumkin.

Barno Abdusamatova, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturlari direktori Maykl Rayan jamoaviy, ya’ni kollektiv immunitet COVID-19’ni yengib o‘tilishini anglatmasligini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют