» » O‘zbekistonda bojxona auditi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda bojxona auditi yo‘lga qo‘yiladi


O‘zbekistonda bojxona tizimini yaxshilash va yangilash hamda mahsulotlarni tez va sifatli nazoratdan o‘tkazish maqsadida “Bojxona auditini tashkil qilish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror loyihasi ishlab chiqilgan va 2020-yil 29-avgustda muhokama uchun jamoatchilik portaliga joylashtirilgan edi. 13-sentabr kuni loyiha muhokamasi uchun belgilangan muddat yakunlandi. Mazkur qaror loyihasi doirasida 16-sentabr kuni AOKAda mutasaddilar bilan birgalikda matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda aytilishicha, bu loyiha bojxona tizimida ancha qulaylik yaratadi. Xususan, bojxona auditi vakolatli shaxslarni tanlash, bojxona organlarining axborot dasturlari ma’lumotlari tahlili, bojxona organlarining tarkibiy tuzilmalari, boshqa tashkilot hamda idoralardan kelib tushgan axborot va ma’lumotlar, shuningdek, xavf ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

“Bu loyiha www.regulation.gov.uz va www.project.gov.uz saytlarida xalq muhokamasiga, vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun muhokamaga qo‘yildi. Kelishish uch marta amalga oshirildi. Mazkur saytlar orqali loyiha bo‘yicha 40dan ortiq takliflar kelib tushdi. Bojxona auditi o‘zi nima? Bu – tovarlar chiqarilib yuborilganidan so‘ng bojxona nazorati tartibotining bir shakli. Endilikda bojxona auditidan keng qo‘llanilganidan keyin soddalashtirilgan tartibotlar kengaytiriladi va kirib kelayotgan tovarlar chegarada minimal miqdorda qolib ketadi, bojxona postlarida ham qisqa muddatda rasmiylashtirib chiqarib yuboriladi. Bojxona auditi chiqib ketgan tovarlarning bir necha partiyasini bitta qilib tashkilot faoliyatini o‘rgangan holda tekshirishni nazarda tutadi. Bunda tashkilotning faqatgina import tovarlariga taaluqli bo‘lgan moliyaviy hujjatlarini solishtirgan holda orqali amalga oshiriladi va tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan haqqoniy o‘tkazilganini hamda bojxona idoralarida mavjud bo‘lgan axborot tizimlarini unga soddalashtirishlar to‘g‘ri berilayotganligini baholash maqsadida o‘tkaziladi”, dedi - Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Ilhom Muhtorov.

Bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Farhod Olimjonovning aytishicha, TIF bojxona postlarida bojxona yuk deklaratsiyalari xavfni boshqarish tizimidagi yo‘laklar (“yashil” yo‘lak – 24,9%, “sariq” yo‘lak – 40,8 %,“qizil” yo‘lak – 34,3%) orqali rasmiylashtirilmoqda. Bojxona auditi joriy etilishi “qizil” yo‘lakka yo‘naltirilayotgan bojxona yuk deklaratsiyalari sonining kamayishiga, “yashil” va “sariq” yo‘laklarga yo‘naltirilayotgan taqdirda esa ularning sonini oshishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida tadbirkorlik sub’ektlarining bojxonadagi sarflayotgan vaqti va moliyaviy xarajatlarining tejalishiga xizmat qiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют