» » Xitoylik milliarderga go‘zal hayot uchun pul sarflash taqiqlandi

Xitoylik milliarderga go‘zal hayot uchun pul sarflash taqiqlandi


Sud xitoylik milliarder HNA sayyohlik va moliyaviy birlashmasi rahbari Chen Fenning shirkati katta miqdordagi qarzdorligi sababli hashamatli hayot uchun pul sarflashni taqiqladi. Hayot va ish uchun zarur bo‘lmagan barcha xarajatlar nazorat ostida bo‘ladi, deb yozadi The New York Times.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Chen Fen birinchi klassda uchish, qimmatbaho kurortlar va mehmonxonada qolish huquqidan foydalana olmaydi. Shuningdek, uyini qimmatbaho ta’mirlashiga ham yo‘l qo‘yilmaydi.

Milliarder katta miqdordagi mablag‘ni sarflash uchun avval maxsus ruxsatnomani olishi kerak. Bunday jiddiy cheklovlar qo‘yilishining sababi kompaniya 2020-yil mart oyida chiqarilgan sud qarorini e’tiborsiz qoldirgan.

Ma’lumot uchun, ikki yil avval xitoylik ayol Jubaohui (kompaniyaga tegishli) platformasi orqali ikkita investitsiya mahsulotiga ega bo‘lgan. Biroq kerakli dividendlarni olmaganidan so‘ng u sudga murojaat qilgan.

Sudning qaroriga ko‘ra, HNA kompaniyasi xitoylik ayolga qarzni 10 kun ichida foizlari bilan birga to‘lashi kerak edi, ammo buni bajarmadi. Natijada 2020-yil sentabr oyiga qadar HNA 50 ming dollar miqdorida qarzdorligi ma’lum bo‘ldi.

HNA, bundan tashqari, Hilton mehmonxonalar tarmog‘i, Dutsche Bank va Virgin Australia aviakompaniyasi kabi nufuzli korxonalarning qimmatbaho ko‘chmas mulk va ulushlarini sotib olganidan keyin o‘n milliardlab qarzdor kompaniyaga aylandi. Ular kompaniyadagi xaridlarni olingan qarz mablag‘lari evaziga amalga oshiradi. Endi esa katta miqdordagi qarzdorlik tufayli HNA o‘z aktivlarini sota boshladi.

Hattoki vaziyat shu qadar og‘irligidan kompaniya o‘z xodimlaridan ham qarz olishga urinib ko‘rdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют