» » “Milliy tiklanish” partiyasi deputati Dildora Umarova koronavirus infeksiyasidan vafot etdi

“Milliy tiklanish” partiyasi deputati Dildora Umarova koronavirus infeksiyasidan vafot etdi


O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakili, Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Dildora Umarova koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. Bu haqida partiya axborot xizmatiga tayanib, “Uz24” xabar berdi.

“Daryo” manbalari ham Dildora Umarovaning koronavirus bilan kasallanish oqibatida vafot etganini tasdiqladi.

Dildora Umarova 1966-yilda tug‘ilgan. U 2018-yildan buyon Yashnobod tumanidagi 149-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda Dildora Umarova “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputatligiga saylangan edi.

“Daryo” hisobi bo‘yicha Dildora Umarova O‘zbekistonda koronavirus oqibatida vafot etgan 431-bemor hisoblanadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha deputatning koronavirusdan vafot etgani bo‘yicha ma’lumot bermagan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 16-sentabr kuni 597 kishida koronavirus aniqlandi. Olti bemor vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 19) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют