» » Toshkentda sog‘liqni saqlash tizimidagi 17 nafar rahbar ishdan olindi

Toshkentda sog‘liqni saqlash tizimidagi 17 nafar rahbar ishdan olindi


Toshkent shahrida 2017-yilning ilk choragida shahar sog‘liqni saqlash tizimidagi rahbarlarning 17 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda Toshkent shahar faollari yig‘ilishida aytildi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

Ishdan olingan rahbarlar o‘rni yuqori malakali, halol, pok, vijdonli, mas’uliyatli xodimlar bilan to‘ldirildi, 22 nafari rotatsiya qilindi.

Tadbirda qayd etilishicha, tizimdagi o‘rganishlar natijalari tibbiyot muassasalariga ajratilayotgan dori vositalari kamligini ko‘rsatgan. Bu muammoni hal qilish uchun shifoxonalarga dori-darmon va bog‘lov vositalari xarid qilishga ajratilayotgan mablag‘ ikki barobar, ayrimlarida esa uch barobarga mahalliy budjet hisobidan ko‘paytirildi.

Yig‘ilishda poytaxtdagi 60 ta oilaviy poliklinikaga aholiga malakali birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun 120 dona Damas rusumli avtotransport vositasini berish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют