» » Xitoyning Uxan shahri pandemiya boshlanganidan buyon birinchi xalqaro aviareysni qabul qildi

Xitoyning Uxan shahri pandemiya boshlanganidan buyon birinchi xalqaro aviareysni qabul qildi


Dunyoda koronavirus tarqalishining markaziga aylangan Xitoyning Xubey provinsiyasidagi Uxan shahri pandemiya sababli kuzatilgan yetti oylik tanaffusdan keyin birinchi xalqaro yo‘lovchi aviareysni qabul qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Janubiy Koreyaning T'Way Airlines aviakompaniyasi 16-sentabr kuni Seul—Uxan—Seul yo‘nalishida parvozni amalga oshirgan. Reys Boeing 737-800 samolyotida haftada bir marta, chorshanba kunlari amalga oshiriladi.

Uxanga yetib kelgan barcha 60 nafar yo‘lovchi 14 kunlik karantinni o‘tash uchun maxsus mehmonxonalarga jo‘natilgan.

Ayni paytda Uxandagi Tyanxe xalqaro aeroporti 73 ta ichki yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchi tashish uchun aviareyslarni qayta tiklagan. Har kuni aeroport taxminan 500 ta reysga xizmat ko‘rsatadi. Ichki reyslarning tiklanishi munosabati bilan aeroportning kunlik o‘tkazish quvvati o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichning 90 foizidan oshgan.

Avvalroq Pekin aeroporti qariyb yarim yillik tanaffusdan keyin 3-sentabr kuni sakkizta davlatdan aviareyslarni qabul qilishni boshlagani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют