» » O‘zbekiston 1-oktabrdan guruh bo‘lib keladigan xorijlik sayyohlarni qabul qilishni boshlaydi

O‘zbekiston 1-oktabrdan guruh bo‘lib keladigan xorijlik sayyohlarni qabul qilishni boshlaydi


O‘zbekiston aeroportlarida, temiryo‘l stansiyalarida va chegara punktlarida shaxslar va transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat berilayotganligi munosabati bilan xalqaro turizmni tashkil etishga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlar 1-oktabrdan boshlab bekor qilinadi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston 1-oktabrdan boshlab barcha xalqaro avia, temiryo‘l va avtoyo‘l qatnovlarini tiklaydi

Shu bilan birga, turizmni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida turistik kompaniyalarga turistlarni olib kelish bilan bog‘liq yengilliklar taqdim etilmoqda.

O‘zbekistonga xorijiy davlatlar fuqarolari bo‘lgan turistlarni olib kelish bilan shug‘ullanayotgan turistik firmalar ular tomonidan O‘zbekistonga turistik guruh sifatida tashkil etilayotgan sayohatlarni amalga oshirishdan avval turistlarni PZR test tekshiruvidan o‘tkazilishini ta’minlashi lozim. Bunda turistik guruh tarkibi 5 kishidan kam va 15 kishidan ortiq bo‘lmasligi va turistlar turli kasalliklar, jumladan, COVID-19’ni qamrab oladigan to‘liq sug‘urtaga ega bo‘lishi shart.

Bunda PZR test tekshiruvi natijasi manfiy bo‘lgan turistlarga nisbatan 14 kunlik karantinda saqlash bo‘yicha cheklov qo‘llanilmaydi, ular O‘zbekistonga kirishda koronavirusga tekshirilmaydi.

Turist O‘zbekistonga kirib kelgan vaqtda unda koronavirus alomatlari bo‘lsa, u o‘tkazish punktida o‘z hisobidan koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan o‘tishi lozim.

Test musbat chiqsa, sayyoh o‘z hisobidan karantinga olinib, davolanishdan o‘tadi yoki o‘z mamlakatiga qaytadi.

Xorijiy turistlar O‘zbekistonda mavjud karantin cheklovlari va sanitariya talablariga qat’iy rioya etgan holda harakatlanishlari lozim. Bu boradagi talablar bajarilishi turistik firmalar zimmasiga yuklatiladi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston — xavfsiz sayohat kafolatlangan” sanitariya-epidemiologiya tizimi doirasida O‘zbekistonda koronavirusga chalingan turistlarga 3000 ming dollar miqdorida kompensatsiya to‘lanishi ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют