» » Aleksandr Lukashenko Litva va Polsha bilan chegaralar yopilishini, Ukraina bilan esa chegara kuchaytirilishini ma’lum qildi.

Aleksandr Lukashenko Litva va Polsha bilan chegaralar yopilishini, Ukraina bilan esa chegara kuchaytirilishini ma’lum qildi.


Belarus Litva va Polsha bilan chegaralarini yopmoqda hamda Ukraina bilan chegaralarni kuchaytirmoqda. Bu haqda Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi, deb yozmoqda Meduza.

Qayd etilishicha, Lukashenko tomonidan qilingan mazkur bayonot nimani anglatishi hozircha noma’lum.

“Bundan keyin ular bizga nima otishini bilmaymiz. Tushunamizki, ularning zaxirasida urush boshlanishidan oldingi bir nechta usul qoldi. Men so‘nggi kunlarda Rossiya prezidenti va mudofaa vaziri bilan ittifoqchi davlatning umumiy himoyasini qurishga majburman”, — deya ma’lum qilgan Lukashenko.

Avvalroq Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ittifoq davlatini mustahkamlash uchun yangi qurollar to‘g‘risida murojaat qilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Yevropa parlamenti Lukashenkoni prezident deb tan olmadi va Rossiyaning Belarus ishlariga aralashuvini qoraladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 00:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют