» » Sergelida Minerva World of Knowledge xalqaro universitetini qurish ishlari boshlandi

Sergelida Minerva World of Knowledge xalqaro universitetini qurish ishlari boshlandi


Toshkent shahrining Sergeli tumanida Minerva World of Knowledge xalqaro universiteti qurilishi uchun tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qurilish ishlarining boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Minerva World of Knowledge loyiha rahbari Murali Lal Jalan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Tadbirda xorijiy investorlar loyiha taqdimotini ham o‘tkazdi. Bu yerda 10 mingdan ziyod talabaga mo‘ljallangan, xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlovchi universitet quriladi.

Asosiy bino 2021-yilning sentabr oyida qurib bitkaziladi va keyingi 5 yil davomida boshqa kampuslar, sport majmuasi, kutubxona va talabalar turar joylari bunyod etiladi.

Avvalroq Hindistonning Minerva World of Knowledge kompaniyasi mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha Toshkent shahri hokimligi bilan investitsiya kelishuvi imzolagani, reja bo‘yicha qurilish loyihasini boshlagani haqida xabarlar berilgandi.

Loyiha qiymati 500 million dollarga baholanmoqda. Uning doirasida universitetdan tashqari kasalxona, mehmonxona va ko‘p qavatli uylar qurish ham rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 01:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют